Abdulla bulbul Iso Hofiz oʻgʻli (? – 1916-yil, Toshkent) – oʻzbek sozanda va xonandasi. Gʻijjak, dutor, tanbur kabi milliy cholg'u asboblarida chalinadigan kuylarning mohir ijrochisi sifatida tanilib, xalq orasida „Bulbul“ laqabini olgan. Xushxonligi va sozandaligi tufayli „Sozanda hofiz“ nomi bilan ham tanilgan. Abdulla bulbul Iso Hofiz oʻgʻli Abdulla bulbul Iso Hofiz oʻgʻli zamonasining ilgor fikrli kuychisi. Navoiy, Fuzuliy, Furqat gʻazallarini xalq orasida kuylagan. „Bayot“, „Segoh“, „Chorgoh“, „Ushshoq“, „Shahnozi Gulyor“ kabi maqom yoʻllarini Madumar Hofiz talqinidagi erkin („Yovvoyi“) usuldan soz usuliga oʻtkazganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Shaxsiyatlar loyihasi maqolalari Turkum:Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar