thumb|Depozit sertifikatiga misol — inglizcha Omonat sertifikati, yoki depozit sertifikati — bankka qoʻyilgan omonat yoki depozit summasini hamda sertifikatda koʻrsatilgan foizlarni belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz.

Oʻzbekistonda sertifikatlar ikki turda chiqariladi: depozit sertifikatlari — yuridik shaxslar uchun, omonat sertifikatlari esa jismoniy shaxslar uchun moʻljallangan. Sertifikatlar 6 oydan 3 yilgacha boʻlgan muddatga chiqariladi.

Sertifikat uning egasiga belgilangan muddat tugagach, sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning filialidan omonat summasi va unda shartlashilgan foizlarni olish huquqini beradi. Sertifikatlar oldi-sotdi, hadya qilish, meros qilib olish va garovga qoʻyish kabi bitimlarning obyekti boʻlishi mumkin, biroq tovarlar yoki xizmatlar uchun toʻlov vositasi sifatida foydalanilmaydi.

Omonat sertifikati muddatidan oldin toʻlov uchun taqdim etilgan taqdirda, bank sertifikat shartlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, omonat summasi hamda talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar boʻyicha toʻlanadigan foizlarni toʻlaydi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Turkum:Davlat Turkum:Huquq Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Iqtisod Turkum:Iqtisodiy atamalar Turkum:Huquq va iqtisodiyot Turkum:Iqtisodiy mafkuralar