Otoulla said vaqqos maqbarasi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (XI asr). Maqbara lashkarboshi Otoulla eshon Mir Haydar nomi bilan bogʻlangan. Bir xonali, kulohiy gumbazli, bezaksiz. Xom gʻishtdan qurilgan. Bosh tarzi jan.sharqqa qaragan, chuqur ravoqli. Xona burchaklariga gʻishtlar koʻndalang terilib, ravoqsimon hoshiya hosil qilingan. Umumiy tarhi 6,80x6,40 m, ichki xona 5,25x4,75 m.
Adabiyot Arshavskaya 3. A., Rtveladze E. V., Haqimov 3. A., Srednevekovie pamyatniki Surxandari, T., 1982.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari