Port-Said — Misrning shimoliy-sharqiy qismidagi shahar, Oʻrta dengiz sohilida, Suvaysh kanaliga shimol tomondan kiraverishda. Port-Said muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 470 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Port-said — xalqaro ahamiyatga ega savdotransport markazi. Kemasozlik va kema taʼmirlash, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Port-Saidga Suvaysh kanali qurilishi munosabati bilan 1859-yilda asos solingan va Misr hokimi Saidposhsho nomi bilan atalganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Transkontinental shaharlar Turkum:Nil deltasi

Turkum:Suvaysh kanali Turkum:Sharqiy Port Said sanoat zonasi Turkum:Misrning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Misrdagi Oʻrta yer dengizi port shaharlari va shaharchalari Turkum:Port franko Turkum:Port Said muhofaza aholi punktlari Turkum:Misrning metropolitan hududlari