Puna — Hindistondagi shahar, Ma-harashtra shtatida. Dekan yassitogʻligining shim.-gʻarbiy qismida, Mutha va Mula daryolarining qoʻshilish yerida joylashgan. Aholisi 3,1 mln. kishi (2001). Gʻarbiy Gat togʻining Borgxat dovonidan oʻtgan magistraldagi muhim transport yoʻllari tuguni. P. Mumbay bilan iqtisodiy jihatdan bogʻliq boʻlgan, tez oʻsib borayotgan savdosanoat markazi. Mashinasozlik, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, qogʻoz, kimyo, farmatsevtika sanoati korxonalari; universitet (1949) bor. M. qadimda, marathlar shahri boʻlgan. XVII asrda Marath sultonligi poytaxti. Meʼmoriy obidalaridan oʻrta asrlarda qurilgan Shanvar-Petx qalʼasi qoldiqlari saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Puna Turkum:Pune tumanidagi shaharlar va shaharchalar Turkum:Maharashtra shaharlari Turkum:Hindistonning sobiq poytaxt shaharlari Turkum:Maharashtra Turkum:Hindistonning metropolitan shaharlari Turkum:Gʻarbiy Maharashtra Turkum:Hindistondagi aqlli shaharlar