Paul Sabatier (1854-yil, 11-may, Karkasson — 1941.14.8) — fransuz kimyogari. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1913-yildan). Tuluzadagi Oliy pedagogika institutini tugatgan (1877). Parijdagi de Frans kollejida assistent (1878—80), Bordo (1881), Tuluza (1882—90) universitetlari xodimi (1884-yildan professor). Asosiy ilmiy ishlari termokimyo va katalizga oid. Ilk bor organik birikmalar sintezida asl metallar oʻrniga katalizator sifatida nikel, mis, kobalt va temirdan foydalangan. Nobel mukofoti laureati (1912)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1854-yilda tugʻilganlar Turkum:5-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1941-yilda vafot etganlar Turkum:14-avgustda vafot etganlar