thumb|George Sand portreti. Rassom Auguste Charpentier (1838).

Amantine Lucile Aurore Dupin (; 7-yanvar 1804-yil, Parij — 6-avgust 1876-yil, Noan, Endr departamenti) — George Sand () taxallusi ostida tanilgan fransuz yozuvchisi va jurnalisti. Romanlari („Indiana“, 1832; „Valentina“, 1832; „Leliya“, 1833; „Jak“, 1834; „Sayok, shogird“, 1840; „Yan Jijka“, 1843; „Yosh qizning eʼtirofi“, 1864; „Soʻnggi muhabbat“, 1867) da ijtimoiy adolat va shaxs erkinligi, xususan, ayollar huquqi masalalari uning ijtimoiyutopik qarashlari bilan uygʻunlashgan.

Fransuz demokrat romanistlari anʼanalarini davom ettirgan Sand 30-yillarning oʻrtalaridan boshlab sensimonchilar gʻoyalari, soʻl respublikachilar qarashlari bilan qiziqqan. Uning „Mopra“ (1837), „Oras“ (184142) romanlari shu ruxda yozilgan. Isyonkor romantizm, milliy ozodlik kurashi pafosi „Konsuelo“ (1842—43) romanida oʻz ifodasini topgan. Sand, shuningdek, „Qor odam“ (1858), „Rimlik Jan“ (1859) kabi romanlar, „Hayotim tarixi“ koʻp jildli memuar ham yozgan (1854-55)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Havolalar }

Turkum:1804-yilda tugʻilganlar Turkum:1876-yilda vafot etganlar Turkum:Fransiyalik yozuvchilar