Sovundaraxt, sapindus (Sapindus) — sapindoshlar oilasiga mansub past boʻyli daraxtlar yoki butalar turkumi, doim yashil yoki barg toʻkadigan daraxtlar. 15 ga yaqin turi bor; tropik Osiyo (6 turi) va Amerikada (3 turi), Gavayi orollari va Okeaniyada tarqalgan. Mevasida 38% cha saponin moddasi bor va sovun oʻrnida ishlatiladi. Tropik va subtropik mamlakatlarda manzarali oʻsimlik va saponin olish uchun ekiladi. Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda Zturi: haqiqiy S. (S. saponaria), muku ros i S. (S. mucorossi) va sovuqqa chidamli Drummond S. i (S. drummondii) oʻstiriladi. Baʼzi turlarining mevasi yeyiladi.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Sovundaraxt · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.