Toshxon Sultonova (1909-yil, 1-iyul, Fargʻona viloyati Toshloq tumani — 1989.25.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgach (1927), Hamza teatrida ishlagan. Toshxon Sultonov ijodiga oʻzbek ayollari obrazi xos, u ayniqsa, harakterli rollar ustasi. Qaxramonlari psixologiyasi, ularning ichki dunyosini ochishda hayotiy unsurlardan samarali foydalangan, ularning milliyligiga alohida eʼtibor bergan. "Ikki boyga bir malay"dagi Smeraldina, "Revizor"da Anna Andreyevna, "Boy ila xizmatchi"da Rahima xola, "Muhabbat"da Toshxon, "Yurak sirlari"da Roʻzvon, "Turkiya haqida hikoyalar"da Fotima, "Ogʻriq tishlar"da Rohila, "Hurriyat"da Xosiyat, "Parvona"da Adolat, "Mirzo Ulugʻbek"da Gavharshodbegim, "Komissiya"da Tuhfa kabi rollari bilan tanilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Havolalar Toshxon Sultonovaga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:1989-yilda vafot etganlar Turkum:25-dekabrda vafot etganlar