Tel Aviv-Yafo — (odatda shunchaki Tel Aviv) Isroildagi Gush Dan metropoliten hududida joylashgan shahar. 474,530 aholiga ega shahar Isroilning Oʻrtayer dengizi qirgʻoq boʻyi mintaqasida joylashgan boʻlib, Tel Aviv mamlakatning iqtisodiy va texnologik markazi va jahonning yuqori texnologiyalar markazlaridan biridir. Agar Sharqiy Iyerusalim Isroilning bir qismi sifatida koʻrilganda Tel Aviv mamlakatning aholi soni boʻyicha ikkinchi oʻrindagi shahri, hisobga olinmaganda esa shahar Isroilning eng koʻp aholiga ega shahridir.

Shahar mer Ron Huldai rahbarligidagi Tel Aviv-Yafo munitsipal hukumati tomonidan boshqariladi va Isroildagi horij elchixonalarining asosiy qismi Tel Avivda joylashgan. Tel Aviv beta+ global shahar maqomiga ega boʻlib, 2022-yilgi Global Moliyaviy markazlar indeksida 57-oʻrinni egallagan. Tel Aviv Yaqin Sharqda iqtisod hajmi boʻyicha 3-oʻrinni, aholi jon boshiga iqtisod hajmi boʻyicha esa birinchi oʻrinni egallaydi.„Global Financial Centres Index #23“ (PDF). longfinance.net. 22-avgust, 2018-yil. Tel Aviv global startaplar uchun qulay ekotizimlar roʻyxatida jahonda 4-oʻrinni egallaydi. Bugungi kunda Tel Aviv jahonda yashash narxi boʻyicha eng qimmat shahar hisoblanadi. Shaharga yiliga 2.5 million turistlar tashrif buyuradi. Shaharda 30,000 dan ortiq talabalarga ega boʻlgan va Isroildagi eng yirik hisoblangan Tel Aviv universiteti joylashgan.

Shaharga 1909-yilda Yishuv (Isroil davlati tuzilguniga qadar hududda yashagan yahudiy jamoalari) vakillari tomonidan asos solingan va avvaliga Ahuzat Bayit (Ivrit: אחוזת בית, 'Xonadon mulki', 'Yer') nomi berilgan. Bu nom oʻsha davrda Iyerusalim Mutasarrifatligining bir qismi hisoblangan qadimiy port shahar Yaffo tashqarisida zamonaviy turar joy binolari qurish bilan shugʻullanuvchi yahudiy uyushmasining nomi hisoblangan. Bir yil oʻtib shahar nomi 'Tel Aviv' sifatida oʻzgartiriladi va bunga Nahum Sokolow tomonidan Theodor Herzlning 1902-yilgi Altneuland („Qadimiy yangi yer“) asaridagi Tel Abib nomi („Buloq tepaligi“) asos boʻladi. Tel Avivdan oldin ham Yafoda boshqa yahudiy kvartallariga asos solingan boʻlib, ulardan eng dastlabkisi Neve Tzedek tumanidir. 1921-yilda Tel Avivga Yafo munitsipalitetidagi tuman maqomi beriladi va 1934-yiilga kelib Tel Aviv Yafodan mustaqil shaharga aylanadi. Yahudiy qochqinlari immigratsiyasi tufayli Tel Aviv shiddat bilan oʻsadi va tez orada aholi soni boʻyicha Yafoni ortda qoldiradi. 1948-yilda Isroil Mustaqillik Deklaratsiyasi shaharda eʼlon qilinadi va Tel Aviv Isroil davlatining dastlabki poytaxti deb eʼlon qilinadi va bu maqom rasman 1950-yilga qadar saqlanib qoladi. 1947-1949-yilgi Arab-Isroil urushidan keyin Yafo shahrining turli qismlari Tel Avivga qoʻshilishni boshlaydi va ikki shahar 1950-yil aprelida Tel Aviv nomi ostida, 1950-yil avgustidan esa Tel Aviv-Yafo nomi ostida toʻliq birlashtiriladi.

Tel Avivdagi 'Oq shahar' (shahardagi 4,000 dan ortiq International uslubda barpo etilgan oq binolar) 2003-yilda UNESCO Jahon meʼroslari roʻyxatiga kiritilgan va Tel Aviv dunyodagi International uslubdagi (jumladan Bauhaus va boshqa modernist uslubdagi meʼmoriy obidalar) binolar eng zich joylashgan shahar hisoblanadi.„The White City of Tel Aviv“ (PDF). UNESCO. Shahardagi mashhur nuqtalar safiga Eski Yafo, Eretz Israel muzeyi, Sanʼat muzeyi, Yarkon bogʻi va Tel Aviv qirgʻoqboʻyi sohilini qoʻshish mumkin.

Etimologiyasi Tel Aviv Theodor Herzlning 1902-yilgi Altneuland („Qadimiy yangi yer“) nomli romanining Nahum Sokolow tomonidan ivritga oʻgirilgandagi nomidir. Sokolow bu nomni Bibliyadagi Hizqiyol kitobida keltirilgan Mesopotamiyadagi Bobil shahri yaqinidagi manzilgoh nomi bilan bogʻlaydi. Hizqiyol kitobida keltirilishicha: „Men Kavor daryosining boʻyidagi Tel Ovuvda (Tel Aviv) yashayotgan surgundagilarning oldiga bordim. Oʻsha yerda yetti kun davomida oʻzimga kela olmay gangib oʻtirdim.“Hizqiyol 3:15 Bu nom 1910-yilda bir necha takliflar ichidan tanlangan boʻlib, bu takliflar orasida „Herzliya“ nomi ham mavjud edi. Aynan shu nomning tanlanishiga sabab bu nom yahudiy xalqining qadimiy vatanlarida yana qayta toʻplanishi gʻoyasini yodga keltirar edi. Aviv (אביב, yoki Abib) bu ivritcha soʻz boʻlib, uni „buloq“ deb tarjima qilish mumkin va u uygʻonishni anglatadi. Tell (yoki tel) soʻzi esa sunʼiy tepalik boʻlib, u turli sivilizatsiyalarning bir-biri ustiga qurilishi oqibatida asrlar davomida dunyoga keladi va qadimiylikdan dalolat beradi.

Garchi 1909-yilda Yaffo shimolidagi qum tepalarida asos solingan boʻlsada, Tel Aviv avvalboshdanoq kelajak shahri sifatida tasavvur qilingan. Shahar asoschilari qoʻshni arab shaharlaridagi xarob va irkit sharoitlardan farqli oʻlaroq, Tel Avivning Varshava va Odessa kabi shaharlaridan ruhlanuvchi toza va zamonaviy shahar boʻlishiga umid qilishgan. Shaharga asos solinishini reklama qiluvchi marketing pamfletlarida deyiladi:Ushbu shaharda koʻchalar quramiz; trotuarlar va elektr chiroqlari boʻladi. Shahardagi har bir uyga xuddi barcha zamonaviy Yevropa shaharlaridagi kabi quvurlar orqali suv keladi. Qolaversa, shahar va shaharliklar sogʻligʻini taʼminlash uchun kanalizatsiya quvurlari oʻrnatiladi.

—  Akiva Arieh Weiss, 1906

Tarixi

Yaffo left|thumb|Qadimiy Yaffo porti. Bibliyadagi afsonaga koʻra, Yunus shu yerdan dengizga safarga chiqqan va nahang tomonidan yutib yuborilgan. Devorli Yaffo shahri bugungi Tel Avivning Yangi davrda mavjud boʻlgan yagona qismidir. Biroq Yaffo ming yillar davomida hududdagi muhim port shahar hisoblangan. Arxeologik dalillarga koʻra hududda inson istiqomati alomatlari tahminan m. avv. 7,500-yillarga toʻgʻri keladi. Shaharga kamida m. avv. 1800-yillarda asos solingan. Shahardagi tabiiy bandargohdan Bronza davridan buyon foydalanib kelingan. Usmonlilar hukmi ostidagi hududda Tel Aviv shahriga asos solinguniga qadar Yaffo shahri Kanʼonliklar, Qadimgi Misr, filistinlar, qadimgi Isroil podsholigi, Bobil podsholigi, Ahamoniylar, finikiyaliklar, Ptolemey sulolasi vakillari (Misr), Salavkiylar, Xasmoniy hukmdorlari, rimliklar, Vizantiya imperiyasi, Ilk Islomiy xalifalari, Salibchilar, Ayyubiylar va mamluklar tomonidan boshqarilgan va nihoyat 1515-yilda Usmonli turklar qoʻliga oʻtgan. Shahar turli davlatlar uchun talash nuqtaga ham aytilgan. Shahar Qadimgi Misr hujjatlarida, shuningdek Yahudiy Bibliyasida (Qadimgi Ahd) ham tilga olinadi.

Tel-Avivdagi boshqa qadimiy manzilgohlar qatoriga Tell Qasile, Tel Gerisa, Abattoir tepaligi, Tel Hashash va Tell Qudadi kabilarni keltirish mumkin.

1880-yillardagi birinchi Aliya (koʻchish) davrida hududga sezilarli miqdorda yahudiy immigrantlari koʻchib kela boshladi. Yaffo tashqarisida, bugungi Tel Aviv hududida yangi yahudiy mahallalari dunyoga keldi. Ularning birinchisi Neve Tzedek boʻlib, Yaffoda aholi zichligining oshishi tufayli 1887-yilda Mizrahim yahudiylari Aharon Chelouchega tegishli yerlarda yangi mahallaga asos solishadi. Boshqa shu kabi mahallalar qatoriga Neve Shalom (1890), Yafa Nof (1896), Achva (1899), Ohel Moshe (1904), Karem HaTemanim (1906) kabilarni kiritish mumkin. 1920-yillarda Tel Avivga shahar maqomining berilishi bilan ushbu mahallalar Yaffodan ajralib chiqib, angi tashkil qilingan shahar tarkibiga kiritilgan.

Shaharga asos solinishi: Usmonlilar davri (1904-1917) thumb|Dastlabki uchastkalarning taqsimlanishi. 1909-yil aprel. Ikkinchi Aliya manzilgohlarning yanada kengayishiga sabab boʻldi. 1906-yilda bir guruh yahudiylar, jumladan Yaffoda yashovchi yahudiylar, Akiva Aryeh Weiss tashabbusiga koʻra toʻplanib, Ahuzat Bayit („turar-joy“) jamiyatini tashkil qilishadi. Jamiyatning maqsadlaridan biri „Sogʻlom muhitga ega, estetika qoidalari va zamonaviy gigiyena talablariga koʻra rejalashtirilgan yahudiy urban markazini“ tashkil etish edi. Yangi shahar uchun reja tuzish ishlariga oʻsha davrda yuzaga kelgan va ommalashayotgan bogʻchashahar harakati ('garden city movementʼ) sezilarli taʼsir koʻrsatadi.„From Spring Hill to Independence“. Jewish Virtual Library. Dastlabki 60 uchastka Yaffo yaqinidagi Kerem Jebali (Karm al-Jabali) nomli joyda Gollandiya fuqarosi Jacobus Kahn tomonidan sotib olinadi. U Turkiya hukumati tomonidan yahudiylarning yer sotib olishini taʼqiqlovchi qonunni chetlab oʻtish uchun uchastkalarni oʻz nomiga rasmiylashtiradi. Keyinchalik Tel Avivning birinchi meri sifatida xizmat qilgan Meir Dizengoff ham Ahazut Bayit jamiyatiga aʼzo boʻladi. U Tel Avivni rivojlantirish maqsadini arab aholisi bilan tinchlikda yashash orqali amalga oshirishni orzu qilgan. thumb|Nahalat Binyamin koʻchasi, Tel Aviv. 1913-yil. 1909-yil 11-aprelda 66 yahudiy oilalari Yaffo yaqinidagi kimsasiz qum tepaligida chigʻanoqlar bilan lotoreya tashkil qilib, sotib olingan yerni boʻlib olish uchun yigʻiladi. Ushbu yigʻilish Tel Aviv shahriga asos solingan rasmiy sana hisoblanadi. Lotoreya turar-joy jamiyatii prezidenti Akiva Aryeh Weiss tomonidan tashkillashtiriladi. Weiss qirgʻoqdan yarmi oq, yarmi qora rangdagi 120 dona chigʻanoq yigʻib keladi. Jamiyat aʼzolarining nomlari oq chigʻanoqlarga, taqsimlangan uchastka raqamlari esa qora chigʻanoqlarga yozib chiqiladi. Bir bola bir qutidagi nomlar yozilgan chigʻanoqlardan birini tanlaydi, boshqa bir qiz esa ikkinchi qutidagi raqam yozilgan chigʻanoqlardan birini tanlaydi. Fotograf Abraham Soskin (1881-yiilda Rossiyada tugʻilgan, 1906-yilda Aliya qilgan) voqeani suratga oladi. Aynan shu joyda birinchi quduq qaziladi va bu joy bugungi kunda Rothschild bulvarida, Dizengoff uyi tashqarisida joylashgan. Bir yil ichida Herzl, Ahad Haʼam, Yehuda Halevi, Lilienblum va Rothschild koʻchalari bunyod etiladi; suv taʼminoti tizimi oʻrnatiladii va 66 uy qurilishi yakunlanadi. Herzl koʻchasi oxirida 1906-yilda Yaffoda tashkil etilgan Herzliya Ivrit oʻrta maktabining yangi binosi uchun joy ajratiladi. bu bino uchun tamal toshi 1909-yil 28-iyul kuni yotqiziladi. Shaharcha avvaliga Ahuzat bayit deb nomlanadi. 1910-yil 21-may kuni Tel Aviv nomi qabul qilinadi. Tel Aviv shahrining bayrogʻi va tugʻida qizil rangli Dovud yulduzi ostida Bibliyadagi Yeremiyo kitobidan olingan ikki soʻz bitilgan: Men (Xudo) seni qaytadan bunyod etaman. Sen qayta bino boʻlasan.Yeremiyo 31:4 Tel Aviv keng koʻchalar va bulvarlari bor, har bir uyda vodoprovod suvlari oʻrnatilgan va koʻcha chiroqlari mavjud mustaqil yahudiy shahri sifatida loyihalashtirilgan va qurilgan.

1914-yilga kelib Tel Aviv hajmi 1 km2ga oʻsadi. 1915-yilda Tel Aviv aholini roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi va aholi soni 2,679 kishi ekani qayd etiladi. Biroq, 1917-yilda Usmonli hukumati Yaffo va Tel Aviv istiqomatchilarini urush chorasi sifatida hududdan haydab chiqarishi bilan shahar oʻsishi toʻxtab qoladi. AQSHning Misrdagi Aleksandriya shahridagi konsuli Garrels tomonidan The New York Times nashrida chop etilgan reportajida Yaffo deportatsiyasini 1917-yil aprel oyi boshida ekani aytiladi. Koʻchirish buyrugʻi asosan yahudiy aholisiga qaratilgan edi.The New York Times Current History. The New York Times Company. 1917. p. 167. Keyingi yilning oxirida Usmonlilarning urushda magʻlub boʻlishi bilan Britaniya Falastin ustidan nazoratni qoʻlga oladi va keyin yahudiylarning Tel Avivdagi oʻz uylariga qaytishlari uchun ruxsat beriladi.

Shaharcha tezda immigrantlarni oʻziga jalb qiluvchi nuqtaga aylanadi va mahalliy faol bu borada quyidagilarni yozadi:Immigrantlarning Tel Avivga kelishlariga sabab ular shaharchada oʻzlari Yevropada oʻrgangan barcha qulayliklarni topgani edi. Shaharchada elektr taʼminoti, suv, nisbatan ozodalik, kinoteatr, opera, teatr, qolaversa nisbatan yaxshi maktablar … tirband koʻchalar, gavjum restoranlar, tungi soat 2 gacha ochiq kafelar, qoʻshiq, musiqa va raqs madaniyati mavjud edi.

Britaniya maʼmuriyati thumb|406x406px|1930-yilda Falastinda aholi roʻyxatdan oʻtkazilishi xaritasi. Yaffo munitsipal hududida (qizil) Yaffo (yashil) va Tel Aviv (koʻk) shaharchalarining chegaralari