Qodir Tojiyev (1921-yil, 10-may Toshkent — 2001-yil, 2-yanvar) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (1990). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1938). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—43). 1947—91 yillar Oʻzteleradiokompaniyasida diktor. Tojiyevning diktorlik uslubi yuksak aktyorlik mahorati, koʻtarinki jozibasi, maʼnodor intonatsiyasi, taʼsirchanligi, sodda vatushunarliligi bilan ajralib turadi. 3 mingdan ortiq xujjatli filmga ovoz bergan. Mumtoz va zamonaviy sheʼriyat namunalarini ifodali, oʻziga xos, alohida mahorat bilan oʻqigan. "El-yurt hurmati" ordeni (1998), "Jasorat" medali (1994) bilan mukofotlangan.

Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:2001-yilda vafot etganlar Turkum:5-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1-fevralda vafot etganlar