left|thumb|300pх|Tursunzoda shahrining maʼmuriy binosi Tursunzoda () (1978-yilgacha Regar) — Tojikiston Respublikasidagi shahar (1952-yildan). Tursunzoda tumanining maʼmuriy markazi. Tojik shoiri Mirzo Tursunzoda nomiga qoʻyilgan. Respublikaning janubida, Hisor vodiysining gʻarbiy qismida. Dushanbe shahridan 57 km gʻarbda joylashgan. Dushanbe — Termiz temir yoʻldagi (Regar) stansiya. Aholisi 50 ming kishi (2013).

Sanoati Tursunzodada rangli metallurgiya (1980-yillarda alyuminiy zavodi qurilgan), chinni zavodi, oziq-ovqat, yengil sanoat (paxta tozalash zavodi), qurilish materiallari sanoatlari mavjud.

Ijtimoiy soha 10 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, internat maktabi, sport, musiqa maktablari, kutubxona, madaniy muassasalar, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion, kasalxona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud. 1981-yilda Mirzo Tursunzodaga haykal oʻrnatilgan. Shahar chetida Xoʻja Naqshron maqbarasi (X—XI asrlar) meʼmoriy yodgorligi saqlangan.

Manbalar

Havolalar Tursunzoda shahrining norasmiy sayti

Tursunzoda Jamoatlari Ravod Seshanbe Paxtaobot Qoratog Jora Rahmon

Turkum:Tojikiston shaharlari