Javlon Yusupovich Umarbekov (1946.17.6, Toshkent) — rang-tasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademik (1997), Oʻzbekiston SSR xalq rassomi (1989), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1966) va Butunittifoq davlat kinematografiya instituti (1972) ni tugatgan. Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida bosh rassom (1972–1973), Toshkent sanʼat institutida pedagog (1974—1976), 1976-yildan Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi, raisi (1984—1987). Umarbekov ijodi serqirra, mavzuga boyligi, uslubiy rang-barangligi bilan diqqatga sazovor: ilk ijodi realistik sanʼat anʼanalari asosida ijtimoiy fikrlarni ifodalashdan asta Sharq, eng avvalo Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼati anʼana va uslubini Yevropa realistik sanʼat anʼanalari bilan uygʻunlashtirishga, hissiy kechinmalarini erkin ifodalashga oʻta bordi. Jahon tasviriy sanʼatidagi uslub va izlanishlar hamda oʻzbek tasviriy sanʼatida sodir boʻlgan plastik izlanishlar Umarbekovning asarlarida oʻziga xos yechimni belgilashda sezilarli oʻrin egallaydi: „Bolalik“ (1968), „Qoʻshiq“ (1969), „Mening doʻstim“ (1971), „Tafakkurli inson“ diptixi (1979—80), „Men insonman“ (1981—83), „Hovuz boʻyida“ (1988), „Kelinchak“ (1995), „Sohibqiron Amir Temur“ (1995), „Yetti iqlim sultoni“ (1995), „Uchrashuv“ (1996), „Zaqiriddin Muhammad Bobur“ (1996). Umarbekov, shuningdek, natyurmortlar („Oy natyurmorti“, „Kushon natyurmorti“ va boshqa,), manzaralar („Boʻzsuv“, „Karvon“, „Ipak yoʻli xarobalari“ va boshqalar) hamda turkumli asarlar („Jazoir boʻylab“, 1978; „Surxondaryo“, „Toshkentning 30 koʻrinishi“, 1983 va boshqalar) muallifi.

Umarbekov Germaniya (1980, 1986, 1991), Yaponiya (1982, 1995), Kuvayt (1989, 1990), Turkiya (1993), AQSH (1997, 2004) va boshqa mamlakatlarda ijodiy safarlarda boʻlgan; asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi, asarlaridan namunalar respublika va xorijdagi muzey va toʻplamlarda saqpanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oltin medali bilan mukofotlangan (2002).

Manbalar

Adabiyotlar Javlon Umarbekov [Katalog|, T., 1996.

Turkum:17-iyunda tugʻilganlar Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq rassomlari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan san’at arboblari Turkum:Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi bitiruvchilari