Diodor Vladimirovich Ushakov (1907, Xarkov gubernyasi — 1971-yil, 4-dekabr, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Leningrad oliy badiiy texnika institutida taʼlim olgan (1926—1930). 1937-yildan Oʻzbekistonda yashagan. Uning ijodi oʻzbek teatri dekoratsiyasi sanʼatida naturalistik holatlarga barham berishda muhim rol oʻynadi; I. Valdenberg bilan ijodiy hamkorlikda ishlab Toshkent shahri teatrlari uchun dekoratsiya va libos eskizlari tayyorladi. Hamza teatrining "Otello" (1941), "Romeo va Julyetta" (1956), "Hamlet" (1957), "Qonli sarob" (1964), "Sarvqomat dilbarim" (1964), "Qirol Lir" (1966) va boshqa spektakllari qamda Gorkiy teatrining "Soʻnggilar" (1939), "Dushmanlar" (1948), "Chin inson" (1954), "Qonli sarob" (1967) kabi spektakllari shular jumlasidanOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:1907-yilda tugʻilganlar Turkum:1971-yilda vafot etganlar Turkum:12-aprelda vafot etganlar
Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:1930-yilda vafot etganlar