Helsinki universiteti — 1640-yil Turku shahrida tashkil etilgan Finlandiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Helsinki universiteti 1828-yil Helsinki shahriga koʻchirilgan. Teologiya, huquq, tibbiyot, falsafa, tarix, filologiya, tabiiy fanlar va matematika, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, pedagogika boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1640-yil tashkil etilgan)da 2 millionga yaqin asar saqlanadi. Helsinki universitetida 27 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Helsinki universiteti · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.