Shan (oʻzlarini — txay nyu deb ataydilar) — Myanmaning shim.sharqi (2,85 mln. kishi), Tailand va Laosdagi tai guruhiga mansub xalq. Umumiy soni 2,93 mln. kishi (1987). Dindorlari, asosan, buddaviylar. Sh.larning ajdodlari Hindixitoyda mil. av. 1ming yillik oxiri — mil. 1ming yillik boshida paydo boʻlishgan. VII asrda ular ilk oʻrta asr Muanmau davlatini barpo etishgan. Bu davlat XVI asrda parchalanib ketgan. 1947-yil Sh.lar muxtoriyat huquqini olganlar (milliy Shan davlati). Anʼanaviy mashgʻuloti — dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash; hunarmandchilik taraqqiy etgan.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Shan (xalq) · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.