Otto Shtern (1888.17.2, Zorau — 1969.17.8, Berkli) — nemis tadqiqotchifizigi. Breslavl universitetini tugatgan (1912). Syurix politexniqumida (1913—14) va Frankfurt universitetida (1914—21) ishlagan. Rostok (192122) va Gamburg (1923—33) universitetlari professor, Pittsburg (1933—45) va Berklidagi (AQSH) texnologik instituti professor (1946-yildan). Ilmiy ishlari molekulyar fizika, atom va yadro fizikasi, kvant nazariyasiga oid. Jahonda birinchi boʻlib gaz molekulalarining tezligini oʻlchadi (1920) (qarang Shtern tajribasi). Nemis fizigi V. Gerlax bilan hamkorlikda atom magnit momenti mavjudligini isbotladi (1922). Nemis fizigi R. Frish bilan birga vodorod molekulasida proton magnit momentini aniqladi (1933). Nobel mukofoti laureati (1943)Nobel mukofoti sovrindorlari nobelprize.orgOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:XX asr nemis fiziklari Turkum:17-fevralda tugʻilganlar Turkum:1888-yilda tugʻilganlar Turkum:1969-yilda vafot etganlar Turkum:17-avgustda vafot etganlar Turkum:Amerikalik kimyogarlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari