Jon Franklin Enders (1897-yil, 2-oktyabr, UestXartford, Konnektikut shtati —1985-yil, 9-avgust, Uoterford) — amerikalik virusolog. AQSH milliy Fanlar akademiyasi, Amerika fan va sanʼat akademiyasi hamda London qirollik jamiyati aʼzosi. Yelsk kollejini tugatgan (1920). 1929—56 yillarda Garvard universitetida dars bergan. Ayni chogʻda 1946-yildan Bostondagi pediatriya markazi, infeksion kasalliklar laboratoriya hamda bolalar shifoxonasida turli lavozimlarda ishlagan. 1956-yildan Garvard tibbiyet maktabi bolalar kasalxonasida professor Ilmiy faoliyati bakteriologiya, immunologiya, virusologiyaga oid. Poliomiyelit virusini undirish texnologiyasini ishlab chiqishda qatnashgan. Qizamiqqa qarshi vaksina kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1954)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:AQShlik virusologlar Turkum:1897-yilda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda vafot etganlar Turkum:10-fevralda tugʻilganlar Turkum:8-sentabrda vafot etganlar Turkum:Amerikalik olimlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari