Qashqadaryo — Qashqadaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasihttp://qashqadaryogz.uz/. 1925-yil 22-mayda Qarshi shahrida „Qashqadaryo“ nomi bilan nashr etila boshlagan. Keyinchalik „Sotsializm alangasi“, „Yengish“ (1934), „Qashqadaryo haqiqati“ (1935) nomlarida chop etilgan. 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati tugatilib, Surxondaryo viloyatiga qoʻshilishi munosabati bilan „Qashqadaryo haqiqati“ gazetasi oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1964-yil 7-fevralda yana chiqa boshlagan.

1997-yil 11-iyunda „Qashqadaryo haqiqati“ va „Kashkadarinskaya pravda“ gaz.lari tahririyatlari birlashtirilib, „Q.“ nomida oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan. 2005-yil 1-yanvardan „Q.“ va „Novosti Kashkadari“ gaz.lari har qaysisi alohida mustaqil nashr sifatida oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda. Sahifalarida viloyat aholisining respublika, viloyat va dunyo miqyosida roʻy berayotgan yangiliklardan xabardor etish va ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga, xalq farovonligi va turmush darajasini mustahkamlash ishlariga jalb qilishga oid materiallar berib boriladi.

Muharrirlar Gaz.ga turli yillarda S. Karimov, N.Gʻulomov, U. Xoʻjayev, Umarov, S.Qodirov, R.Nurmatov, B.Norqobilov, N. Ravshanov muharrirlik qilishgan. Adadi 4001 (2005).

Manbalar

Turkum:Gazetalar