Abatayxon (1534-1586) — moʻgʻul xoni; Tushetuxonlar sulolasi asoschisi. Oyrotlar bilan kurash olib borib, 1577-yil ularni boʻysundirgan. Shu yili Abatayxon oʻgʻlini oyrot xoni deb eʼlon qilgan. Abatayxon vafotidan soʻng oyrotlar qoʻzgʻolon koʻtarib, xonni oʻldirib qaramlikdan xalos boʻlishgan. Abatayxon lamaizm dinining ashaddiy ixlosmandlaridan va targʻibotchilaridan boʻlib, bu dinni qabul qilish uchun 1577-yil Xuxxotoga borib dalay lama bilan uchrashgan. 1585-yil lamaistlarning Xalxadagi birinchi monastiri Erdeni-dzuni qurishni boshlagan. XX asr boshlariga qadar Moʻgʻulistonda Abatayxon shaxsi muqaddas sanalib sajda qilinganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Manbalar

Turkum:1534-yilda tugʻilganlar Turkum:1586-yilda vafot etganlar