Mahmud Usmonovich Aminov (1908-yil, 6-aprel, Kogon tumani — 1992-yil, 6-avgust, Samarqand) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), tarix fanlari nomzodi (1947), dotsent (1953). Oʻzbekiston pedagogika. akademiyasini tugatgan (1933). Samarqand Davlat Universitetida assistent, tarix fakulteti oʻqituvchisi va dekan oʻrinbosari (1937-41), Samarqand viloyati xalq taʼlimi pedagogika. kabineti mudiri (1941-44), 12-bilim yurti direktori va Oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti oʻqituvchisi. pedagogika. institut direktor oʻrinbosari (1953-55). Samarqand Davlat Universitetining tarix fakulteti dekani (1944-53; 1956-74). Oʻzbekiston xalqlari tarixi kafedrasi mudiri (1967- 71), kafedra dotsenti (1974-92), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1977-78)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1908-yilda tugʻilganlar Turkum:1992-yilda vafot etganlar Turkum:8-iyunda vafot etganlar Turkum:4-iyunda tugʻilganlar Turkum:Samarqandda vafot etganlar