Ayteke biy tumani — Oqtoʻba viloyatining shimoli-sharqiy hududidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 36,3 ming km2. Aholisi 25,4 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 1,4 kishidan toʻgʻri keladi (2012). Tuman markazi — Komsomol qishlogʻi.

Tarixi 1966-yil Komsomol tumani degan nom bilan tashkil topdi. 1993-yil tuman nomi Boʻgetkoʻl tumani deb oʻzgartirildi.1997-yil 17-iyunda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan Boʻgetkoʻl tumani Ayteke biy tumani deb qayta nomlandiУказ Президента Республики Казахстан от 17 июня 1997 года № 3550 «Об изменениях в административно-территориальном устройстве Актюбинской, Западно-Казахстанской, Кзыл-Ординской и Кустанайской областей»..

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –17 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 23°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 200 – 250 mmQozoq Ensiklopediyasi.

Manbalar

Turkum:Oqtoʻba viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari