Carles Coto Pagès (1988-yil 11-fevralda tugʻilgan) — ispaniyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot hujumchisi (vinger) sifatida oʻynagan.

Faoliyati

Kublardagi karyerasi Kataloniyaning Jirona provinsiyasidagi Figeras shahrida tugʻilgan Coto 2001-yili 13 yoshida mahalliy „Figeras“ klubidan „Barselona“ akademiyasiga kelib qoʻshiladi. „Barselona“ safida u 2005-yilda Nike kompaniyasining „Recuerda mi nombre“ („Mening ismimni eslab qol“) nomli reklama roligida „La Masia“ning yana bir umidli tarbiyalanuvchisi Lionel Messi bilan birga suratga tushgan. Shundan soʻng u Belgiyaning „Muskron“ klubiga oʻtadi va bir mavsumdan keyin jamoani tark etadi.

Coto 2008-yil yozida oʻz vataniga qaytib, Segunda Divizionida „Sevilya Atletiko“ va Segunda B Divizionida „Benidorm“ safida toʻp suradi hamda birinchi jamoa bilan quyi ligaga tushib ketadi. 2010-yil iyul oyi boshida, Valensiya jamoasi bilan shartnomasi yakunlanishiga hali bir yil qolganiga qaramay, u yana klubi va mamlakatini oʻzgartiradi hamda Kiprning „Anorthosis Famagusta“ jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Bu jamoani uning „Barselona“ yoshlar jamoasidagi sobiq murabbiyi Guillermo Ángel Hoyos boshqarardiCarles Coto abandona el Benidorm y ficha por el Anorthosis chipriota (Carles Coto leaves Benidorm and signs for Anorthosis from Cyprus); Diario Información, 2 July 2010 (in Spanish).

2011-yilning 28-iyunida Coto Gruziyaning „Dinamo Tbilisi“ klubi safiga qoʻshilgan va u yerda bir nechta hamyurtlari bilan bir jamoada toʻp surganEl Dinamo Tbilisi georgiano ficha a 'Xiscoʻ Muñoz, Coto y Yagüe (Georgiaʼs Dinamo Tbilisi signs 'Xiscoʻ Muñoz, Coto and Yagüe) ; Terra, 28 June 2011 (in Spanish). 2014-yil fevral oyida Oʻzbekiston Oliy ligasining „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan, ammo iyul oyida klubni tark etib, koʻp oʻtmay Lega Proda ishtirok etuvchi „San-Marino Calcio“ bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻlgan.

2017-yil 29-avgust kuni 29 yoshli Coto Kiprning „Ethnikos Achna“, „Doxa Katokopias“ va „Ermis Aradippou“ klublaridagi qisqa muddatli faoliyatidan soʻng „Rayo Majadahonda“ klubi bilan shartnoma imzolab, Ispaniyaga qaytgan.

Terma jamoadagi karyerasi Carles Coto Ispaniyaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2004-yilda oʻsmirlar terma jamoasida 4 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta gol urgan. 2007-yilda esa 19 yoshgacha boʻlgan Yevropa Chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida Chempionlikni qoʻlga kiritdi. Karles Koto yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlari

Dinamo Tbilisi

Gruziya Oliy ligasi gʻolibi: 2012–13 Bunyodkor

Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2014 Ispaniya U19

UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi: 2007

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Royal Excel Mouscron futbolchilari Turkum:Sevilla Atlético futbolchilari Turkum:Benidorm CF futbolchilari Turkum:Anorthosis Famagusta FC futbolchilari Turkum:FC Dinamo Tbilisi futbolchilari Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:San Marino Calcio futbolchilari Turkum:Ethnikos Achna FC futbolchilari Turkum:Doxa Katokopias FC futbolchilari Turkum:Ermis Aradippou FC futbolchilari Turkum:CF Rayo Majadahonda futbolchilari Turkum:Volos F.C. futbolchilari Turkum:UE Figueres futbolchilari Turkum:FC Santa Coloma futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Kipr birinchi dvizioni futbolchilari Turkum:Erovnuli Liga futbolchilari Turkum:Serie C futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gruziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kiprdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:San Marinodagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Andorradagi muhojir erkak futbolchilar