Oʻzbekistonda din — Oʻzbekistonda turli din vakillari istiqomat qilishadi. Aholining koʻpchiligi, yaʼni taxminan 95 % aholi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Qolgan aholi esa Xristian dini, Yahudiylik, boshqa din va mazhablarga eʼtiqod qilishadi.
Musulmonlar Aholining asosiy qismi eʼtiqod qiladigan Islom dinini „Oʻzbekiston Musulmonlar Idorasi“ nazorat qiladi. Ushbu uyushmani Muftiy nazorat qiladi. Toshkent va Buxoro shaharlarida Islom dini oʻquv yurtlari mavjud. Aholi orasida Islom dinining asosan Hanafiylik mazhabi keng tarqalgan. Shuningdek oz miqdorda Shialik mazhabi eʼtiqodchilari mavjud.
Xristianlar Aholi orasida Xristianlikning asosan Rus Pravoslav mazhabi keng tarqalgan. Shuningdek xristian mazhablarining eʼtiqodchilari: Katoliklar, Protestantlar, Paptistlar, AdventistlarАДРЕСА ЕЛЦ va Yahova Shohidlari mavjudВ Ферганской области Узбекистана ликвидирована организация "Свидетели Иеговы" (Узбекистан).
Boshqa dinlar Shuningdek aholi ichida Yahudiy dini, Buddistlar, Krishnaitlar va boshqa din vakillari mavjud.
2010-yilning 1-iyun kuniga binoan Oʻzbekistonda 2225 ta diniy tashkilot roʻyxatga olingan.
Bular: Islom — 2.050 Koreys Xristian Cherkovi — 52 Rus Pravoslav Cherkovi — 37 Baptistlar — 23 Pyatidesyatniklar — 21 Yettinchi kun Adventistlari — 10 Yahudiylik — 8 Baxailar — 6 Rim Katolik Cherkovi — 5 Yangi Apostollar — 4 Lyuteryanlar — 2 Arman Apostollik Cherkovi — 2 Yahova Shohidlari — 1 Krishnaitlar — 1 Buddistlar — 1 Tangri Ovozi Cherkovi — 1 Injil Jamiyati — 1
Manbalar
Havolalar Религия в Узбекистане В Узбекистане действуют 2226 религиозных организаций Религия в Узбекистане/Religion in Uzbekistan
Turkum:Oʻzbekistonda din