Futbol boʻyicha 2010-yilgi jahon chempionati () — Futbol boʻyicha oʻn toʻqqizinchi Jahon chempionati. Musobaqa 2010-yilning 11-iyunidan 11-iyuligacha Janubıy Afrıka Respublikasidada boʻlib oʻtgan. Musobaqa mezbonligi uchun faqat Afrika qitʼasida joylashgan davlatlar (Misr, Marokash va Janubiy Afrika Respublikasi) daʼvogarlik qilgan. 2004-yilda jahon chempionati mezboni sifatida Janubiy Afrika Respublikasi tanlanganligi eʼlon qilingan. Qayd etish joizki, ushbu jahon chempionatidagi ochilish o'yinini o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib borgan.
Oʻyinlar JARning 9 ta shahrida joylashgan 9 ta shahridagi 10 ta stadionda oʻtkazilgan. Ochilish va final oʻyinlari Janubiy Afrikaning eng yirik shahri Yoxannesburgdagi Soccer City stadionida oʻtkazilgan. 2007-yil avgust oyida saralash bosqichi boshlangan. Saralash bosqichi yakuniga koʻra 32 ta jamoa tanlab olindi. Guruh bosqichida 53 ta terma jamoa 8 ta guruhga ajratildi. Har bir guruhdan 4 tadan terma jamoa oʻrin olgan. Guruhda 1- va 2-oʻrinni egallagan terma jamoalar pley-off bosqichiga yoʻl olishgan.
Finalda Ispaniya Gollandiyani qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng 1:0 hisobida mag‘lub etib, oʻz tarixida birinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Ushbu gʻalaba sababli Ispaniya 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Mezbon mamlakat Janubiy Afrika, Italiya va Fransiya kabi terma jamoalar guruh bosqichidan soʻng musobaqani tark etishgan. Yangi Zelandiya uchta durang bilan turnirda mag'lub bo'lmagan yagona boʻlgan. Ammo ular ham pley-off bosqichiga chiqa olishmagan.
Chempionat mezbonini aniqlash JAR chempionat mezboni sifatida tanlab olingan. 2010-yilgi jahon chempionatini o'tkazish uchun Afrikaning beshta davlati: Misr, Marokash, Janubiy Afrika va Liviya va Tunis birga mezbonlik qilish taklifi bilan FIFAga murojaat qilgan.
FIFA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan birga mezbonlik qilish haqidagi taklif rad etilganidan soʻng, Tunis daʼvogarlar safini tark etgan. Qo'mita, shuningdek, Liviyaning taklifini ham ko'rib chiqmaslikka qaror qilgan. Sabab sifatida, Liviyaning taklifi mezbonlik uchun qoʻyilgan minimal talablarni bajarmaganligi koʻrsatilgan.
2004-yil 15-mayda Syurixda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida oʻsha paytdagi FIFA prezidenti Sepp Blatter mezbon mamlakat nomini eʼlon qilgan; ovoz berish jarayonida Janubiy Afrika 14, Marokash 10, Misr esa 0 ta ovoz toʻplagan. Natijada, Janubiy Afrikaga turnirga mezbonlik qilish huquqi berilgan. Ushbu gʻoliblikdan soʻng, Prezident Nelson Mandela jahon kubogini boshi uzra baland koʻtargan"Nelson Mandela: How sport helped to transform a nation" ."Blatter presents Mandela with a special FIFA World Cup Trophy" ..
2006 va 2007-yillar davomida turli axborot vositalarida 2010-yilgi jahon chempionati boshqa davlatga ko'chirilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. Franz Beckenbauer, Horst R. Schmidt va FIFA ning ba'zi rahbarlari Janubiy Afrikaning musobaqani tashkil etish va oʻtkazishga boʻlgan harakatidan (tayyorgarlik tempidan) havotirda ekanligini aytib oʻtishgan. Shunga qaramasdan, FIFA rasmiylari bir necha bor mezbon sifatida Janubiy Afrikaga ishonch bildirib, oldingi jahon chempionatlarida bo'lgani kabi musobaqani boshqa davlatga koʻchirish faqat tabiiy ofatlar sababligina amalga oshirilishi mumkinligini ta'kidlashgan.
Korrupsiya 2015-yil 28-may kuni FIFA ning shu yilgi korrupsiya ishini yoritgan ommaviy axborot vositalari tomonidan Janubiy Afrika Respublikasidagi amaldorlar FIFA ning o‘sha paytdagi vitse-prezidenti Jack Warner va ijroiya qoʻmitasining boshqa aʼzolariga 10 million AQSh dollari miqdorida pora berib, jahon chempionatini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan"South Africa is shaken by FIFA corruption probe", Los Angeles Times, 28 May 2015..
2015-yil 4-iyun kuni FIFA ijrochi direktori Chuck Blazer FQB va Shveysariya rasmiylari bilan hamkorlik qilib, oʻzi va FIFA ijroiya qoʻmitasining boshqa aʼzolari Janubiy Afrikaga 1998 va 2010-yilgi jahon chempionatlari mezbonligini berish uchun pora olinganini tasdiqlagan. Blazer: "Men va FIFA ijroiya qo'mitasi a'zolari 2010-yilgi jahon chempionatiga mezbon davlat sifatida Janubiy Afrikani tanlash evaziga pora olishga kelishib oldik" - deya taʼkidlaganVicki Hodges, Giles Mole, JJ Bull, Luke Brown and Rob Crilly, "Fifa whistleblower Chuck Blazer – bribes accepted for 1998 and 2010 World Cups: as it happened", The Telegraph, 3 June 2015 .Owen Gibson, Paul Lewis, "Fifa informant Chuck Blazer: I took bribes over 1998 and 2010 World Cups", The Guardian, 3 June 2015 ..
2015-yil 6-iyun kuni The Daily Telegraph Marokash haqiqatan ham ovoz berishda g‘olib chiqqaniga qaramay, turnir Janubiy Afrikaga topshirilganligini maʼlum qilgan. 1 2 3 4 999999x20px Braziliya 999999x20px Ispaniya 999999x20px Niderlandlar 999999x20px Italiya 999999x18px Olmoniya 999999x18px Angliya 999999x20px Argentina 999999x20px Janubiy Afrika 999999x16px Avstraliya Hamjamiyati 999999x18px Yaponiya 999999x18px Janubiy Koreya 999999x16px Shimoliy Koreya Gonduras 999999x17px Meksika 999999x16px AQSh 999999x16px Yangi Zelandiya 999999x20px Jazoir 999999x20px Kamerun 999999x20px Fil Suyak Sohili 999999x20px G`ana 999999x15px Nigeriya 999999x20px Chili 999999x18px Paragvay 999999x20px Urugvay 999999x21px Daniya 999999x19px Fransiya 999999x20px Gretsiya 999999x20px Portugal 999999x20px Serbiya 999999x20px Slovakia 999999x15px Slovenia 999999x20px Shvetsariya
Gol mualliflari
Manbalar
Havolalar
2010 FIFA World Cup Official Site (Archived) 2010 FIFA World Cup South Africa , FIFA.com The official 2010 host country website Official Technical Report RSSSF Archive of finals
Turkum:FIFA Jahon chempionati turnirlari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010