Mineirão stadioni, rasmiy nomi portugalcha - Estádio Governador Magalhães Pinto, (Gubernator Magalhães Pinto Stadioni) 1965-yili Belu-Orizonti shahrida qurilgan. Braziliyaning Minas Jerays shtatidagi eng katta futbol stadionidir. Bu stadion FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013 va FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqalariga xizmat qildi, shuningdek ushbu stadioni, 2016-yili Rio de Janeyroda boʻlib oʻtadigan yozgi olimpiada oʻyinarida futbol bellashuvlariga ham mezbonlik qiladi.

Tarixi Stadion 1965-yil 5-sentyabrda ochilgan, oʻshanda yangi stadionda ilk uchrashuv Minas Jerays shtati terma jamoasi bilan Argentinaning Club Atlético River Plate klubi oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Stadionning ochilishi Minas Jerays shtatida futbolning rivojlanishiga olib keldi. Oradan bir yil oʻtin maydon egasi Cruzeiro klubi Braziliya kubogi sohibiga aylanadi. 1971-yilda esa Atlético Mineiro klubi Braziliyaning ilk chempioni boʻladi. Stadion tarixida eng koʻp muxlis kirgan uchrashuv 19997-yili shtat ligasi Cruzeiro va Villa Nova klublari oʻrtasidagi final uchrashuviga 132,834 muxlis kirgan. Ushbu oʻyinda ayollar va bolalar pul toʻlamagan, 74,857 kishi chipta sotib olgan, 56,618 muxlis ayollardan iborat boʻlgan.

Muhim oʻyinlar Ilk oʻyin: Oʻrtoqlik – 5-sentyabr, 1965 – Minas Jerays shtati terma jamoasi 1–0 Club Atlético River Plate (ARG) Tomoshabinlar: 73,201 Ilk xalqaro oʻyin: Oʻrtoqlik – 7-sentyabr, 1965 – Braziliya 3–0 Urugvay. Bu oʻyinda, Braziliyaning barcha futbolchilari Palmeiras klubi oʻyinchilari boʻlgan. Ilk derbi: Minas Jerays shtati chempionati – 24-oktabr, 1965 – Cruzeiro 1–0 Atlético Braziliyaning eng yirik magʻlubiyati: Jahon chempionati 2014 yarim finali - 8-iyul, 2014 - Olmoniya 7-1 Braziliya

Urilgan tarixiy gollar 1-gol: Buglê, 1965-yil 5-sentyabrda Minas Jerays shtati terma jamoasidan 1000-gol: Lola, 1968-yil 6-aprelda Atlético Mineiro klubidan 5000-gol: Paulinho, 1985-yil 10-martda Villa Nova klubidan

FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013

SanaVaqt (UTC-03)Jamoa #1Nat.Jamoa #2Roundmuxlis17-iyun, 201316:00 1–6 B guruhi20,18722-iyun, 201316:00 1–2 A guruhi52,69026-iyun, 201316:00 2–1 Yarim final57,483

FIFA Jahon chempionati 2014

SanaVaqt (UTC-03)Jamoa #1NatijaJamoa #2Roundmuxlis14-iyun, 201413:00 3–0 C guruhi57,174 17-iyun, 201413:00 2–1 H guruhi56,80021-iyun, 201413:00 1–0 F guruhi57,69824-iyun, 201413:00 0–0 D guruhi57,82328-iyun, 201413:00 1–1 (qarangv) (Penaltilar: 3–2) Nimchorak final57,7148-iyul, 201417:00 1–7 Yarim final58,141

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayti Stadion rasmlari Stadium Guide maqolasi FIFA profili

Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 stadionlari Turkum:Braziliya futbol stadionlari