Yan Kum (, 1976-yil 24-fevral) – kelib chiqishi ukrain boʻlgan milliarder, amerikalik biznesmen va kompyuter dasturchisi. 2014-yilda Facebook tomonidan 19,3 milliard AQSh dollariga sotib olingan mobil xabar almashish ilovasi – WhatsApp asoschisi va sobiq bosh direktori. Forbes maʼlumotlariga koʻra, uning boyligi 2023-yil oktyabrda 15,2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan va bu uni dunyodagi eng boy odamlardan biriga aylantiradi. Kum 2023-yilda Forbes jurnalining eng boy amerikaliklar roʻyxatida 44-oʻrinni egallaganIz derevni v milliarderi: istoriya sozdatelya WhatsApp Yana Kuma.

Biografiyasi Yan Borisovich Kum 1976-yil 24-fevralda Ukraina SSRning Kiyev shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. U Fastivda oʻsgan. 1992-yilda, 16 yoshida onasi va buvisi bilan Kaliforniyaning Mountain View shahriga koʻchib oʻtdi. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dasturi tufayli ikki xonali kichkina kvartira olishgan.. Uning otasi Ukrainani tark etmadi va 1997-yilda vafot etdiWhatsApp: Jan Koum – The Story Of A Man Who Kept It Simple, Jewish Business News, Feb 20th, 2014. Kum va uning onasi vafotigacha otasi bilan aloqada boʻlishdi. Avvaliga onasi enaga boʻlib ishlagan, u esa oziq-ovqat doʻkonida farrosh boʻlib ishlaganIn Pricey Facebook Deal for WhatsApp, Two Strong-Willed CEOs: Mr. Koumʼs father, Boris, stayed behind and planned to join the family later, Mr. Goetz said.. Uning onasi saraton kasalligi bilan uzoq davom etgan kurashdan soʻng, 2000-yilda vafot etdiJizn kak chudo: istoriya uspexa osnovatelya WhatsApp Yana KumaWhatsApp: Kak immigrant s Ukraini Yan Kum stal v SShA milliarderom.

1997-yilda Kum Ernst & Young kompaniyasida ishlayotgan vaqtda Brayan Akton bilan tanishgan.. Oʻsha yilning oxirida uni Yahoo! infratuzilma muhandisi sifatida ishga oldi. Tez orada oʻqishni tashladi. Keyingi toʻqqiz yil davomida Kum va Akton Yahoo! shirkatida birga ishladi. 2007-yil sentyabr oyida ular Janubiy Amerika boʻylab sayohat qilib, frizbi oʻynab, bir yil dam olishdi. Ikkalasi ham Facebookda ishlash uchun ariza berishgan, ammo rad javobini olishgan.

2009-yil yanvar oyida Kum iPhone sotib oldi va oʻsha paytdagi yetti oylik App Store doʻkonida butunlay yangi ilovalar sanoati paydo boʻlishini tushundi. Doʻsti Aleks Fishman bilan yangi ilova gʻoyasi haqida soatlab gaplashgan.. Kum ilovaga „WhatsApp“ („What is happened“, yaʼni „nima boʻldi“ kabi eshitiladi) nomini tanladi. Bir hafta oʻtgach, 33 yoshga toʻlgan kuni Kaliforniyada WhatsApp Inc kompaniyasiga asos soldi.

WhatsApp dastlab mashhur boʻlmagan, ammo 2009-yil iyun oyida Apple ilovalarga push-bildirishnomalar qoʻshgandan soʻng, mashhurlasha boshladi. Kum foydalanuvchilarga xabar kelganida WhatsAppni „ping“ qilish funksiyasini qoʻshdi. Koʻp oʻtmay Fishmanning mintaqadagi rus doʻstlari bilan SMS oʻrniga WhatsAppdan xabar almashish vositasi sifatida foydalanishni boshladi.. Ilova katta foydalanuvchilar bazasiga ega boʻldi va Kum oʻsha paytda ishsiz boʻlgan Aktonni kompaniyaga qoʻshilishga ishontirdi. Akton 250000 dollar mablagʻ olib kelganidan keyin, Kum unga shirkat hammuassisi maqomini berdi.

2014-yil 9-fevralda Mark Zuckerberg Kumga Facebook boshqaruv kengashiga aʼzo boʻlishni rasman taklif qildi. Oʻn kun oʻtgach, Facebook WhatsAppni 19 milliard dollarga sotib olganini eʼlon qildi. 2016-yilning birinchi yarmida Kum 2,4 milliard dollarlik Facebook aksiyalarini sotdi, bu uning umumiy mulkini yarmini tashkil etardi.

2018-yilning aprel oyida Kum Facebook bilan kelishmovchiliklar tufayli WhatsAppni tark etishini va Facebook direktorlar kengashi tarkibidan ketishini eʼlon qildi. Avvaliga u ketish orqali deyarli 1 milliard dollarlik investitsiya qilinmagan aksiyalarini yoʻqotishi kutilgan edi. Biroq, bir necha oy oʻtgach, u hali ham Facebookda rasman ishlayotgani va „dam olish“ deb nomlangan usul orqali kompaniyadan 450 million dollarlik aksiya ishlab olgani maʼlum boʻldi.

Manbalar

Turkum:AQSh tadbirkorlari Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik dasturchilar