Krasnodar futbol klubi () – Rossiyaning Krasnodar shahri jamoasi. Rossiya Premyer-ligasi ishtirokchisi. Klub 2008-yilning 22-fevralida tashkil etilgan. 2024 /2025-yilgi mavsumda, „Krasnodar“ Premyer-ligada 1-oʻrinni egalladi.

Tarixi Krasnodar futbol klubiga 2008-yilda asos solingan. Ushbu jamoani tashkil etishda, asosan Sergey Nikolayevich Galitskiy muhim rol oʻynagan. Oʻsha yilning fevral oyida klub PFL litsenziyasini qoʻlga kiritdi va ikkinchi divizionda oʻynash huquqini oldi. Birinchi rasmiy uchrashuv 2008-yilning 12-aprelida Taganrogning „Torpedo“ klubi bilan boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuv 0:0 hisobida yakuniga yetdi. 2009-yili, „Krasnodar“ Rossiya birinchi divizionida oʻynash huquqiga ega boʻldi va debyut mavsumda 10-oʻrinni egalladi.

2011/2012-yilgi mavsumda, „Krasnodar“ oʻz tarixida ilk bor Rossiya Premyer-Ligasiga chiqdi va debyut mavsumda 9-oʻrinni qoʻlga kiritdi, oʻsha mavsumda jamoaning eng yaxshi toʻpurari 14 ta gol bilan Armanistonlik Yura Movsisyan boʻldi. 2012/2013-yilgi mavsumda esa, klub oʻninchi oʻrinni egalladi. 2013/2014-yilgi mavsumda, „Krasnodar“ Rossiya Kubogi finaligacha yetib keldi va finalda „Rostov“ klubiga imkoniyatni boy berib kumush medalni qoʻlga kiritdi. Premyer-Ligada esa, oʻsha mavsum beshinchi oʻrinni egalladi.

Yutuqlari Rossiya Kubogi finalchisi (1): 2014

Asosiy tarkib

Krasnodar-2

Ijaraga berilgan futbolchilar

Murabbiylar shtabi LavozimiIsmMurabbiy Murad MusayevYordamchi murabbiy Artur Olenin Vitaliy KorneevKatta murabbiy Artyom PopravkinDarvozabonlar boʻyicha katta murabbiy Mixail SavchenkoFizioterapevt Aleksey Malaxov

Mashhur futbolchilar Ismlari qalin harflar bilan koʻrsatilgan oʻyinchilar Krasnodarda oʻynab, oʻz mamlakatlarini himoya qilishgan. Rossiya

Yevropa

Afrika

Janubiy Amerika

Osiyo

Bosh murabbiylar Yil Murabbiy Oʻyin Yutuq Durang Magʻlubiyat Toʻplar nisbati 2008 Vladimir Volchek 21 11 6 4 34-16 2008—2009 Nurbiy Xakunov 57 29 10 18 85-61 2010 Sergey Tashuyev 40 19 10 11 63-45 2011—2013 Slavolyub Muslin 83 31 20 32 114-114 2013—h.v / Oleg Kononov 43 25 7 11 81-44

Manbalar

Havolalar

Krasnodar Krasnodar Krasnodar