Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri — Qirgʻizistonning eng keksa professional teatri, Markaziy Osiyoning eng keksa teatrlari ichida ikkinchi. Rahmonberdi Madazimov tomonidan 1914 yili asos solingan.
Teatr tarixi 1914 yili Rahmonberdi Madazimov rahbarligida Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabi oʻqituvchisi Boltihoji Sultonov bilan birgalikda teatr toʻgaragi tashkil etilgan.
1918 yili Mirzo Rahmonberdi hoji Muhammadaʼzim aʼlam oʻgʻli (Madazimov) rahbarligida Ibrohim Musaboyev, Beknazar Nazarov, Joʻraxon Zaynobiddinov, Nazirxon Kamolov, Abdurashid Eshonxonov, A.Saidovlar bilan birga Qirgʻizistonda birinchi boʻlib musulmon aktyorlardan iborat Turkiston fronti harbiy kengashi qoshidagi konsert brigadasi negizida Oʻshda havaskor teatr toʻgaragini tuzgan.
Rahmonberdi Madazimov Markaziy Osiyo va Qirgʻizistondagi teatr harakatining birinchi asoschisi va Oʻshdagi oʻzbek teatrining birinchi direktori, badiiy rahbari, bosh rejissyori va asoschisi boʻlgan. R. Madazimov Qirgʻizistonning madaniyat, sanʼat va taʼlim tizimini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan, Qirgʻiziston janubidagi jadidchilikning etakchisi va mafkurachisi boʻlgan. U yangi davlatchilikning dastlabki davrlarida, Qora-Qirgʻiz avtonom viloyatining tashkil boʻlishida faol rol oʻynagan.
1919 yili teatr toʻgaragi teatr drama truppasiga aylantirilgan. Keyinchalik bu truppaga Oʻrinboy Rahmonov, Abduqodir Isxoqov, Isroiljon Ismoilov, Jalil Sobitovlar qoʻshilishgan. 1920-yilda truppa Gʻulom Zafariyning „Mozorlikda“ asari asosida „Yetim“ spektaklini sahnalashtirdi. Yetim bosh rolini truppaning badiiy rahbari Rahmonberdi Madazimovning 10 yoshli oʻgʻli Oʻrinboy Rahmonov ijro etdi. 10 yashar artist Oʻrinboy Rahmonovning onasi Bibixon va buvasi Bibi Soliha oʻsha vaqtlarda vafot etishgan boʻlib, Oʻrinboy pesada yetim bolaning onasi qabri ustida chekkan faryodlarini, nolayu figʻonlarini ishonchli tasvirlagan edi. Ona ruhining qabrdan chiqqan armonli sadolari oʻtkir dramatik tarzda ifodalangan edi. Bu sahna asari tomoshabinlarga juda kuchli taʼsir koʻrsatgan va ularning tuygʻularini junbushga keltirgan. Mazkur asar orqali muallif jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik va yetimlar muammosini maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan bogʻlab sahnaga olib chiqqan.
Oʻshandan boshlab Oʻrinboy Rahmonov yosh yigitlar rollarini oʻynay boshladi, shu bilan birga truppa aktyorlariga yordam berdi va bir qancha vazifalarni bajardi.
Ushbu truppa Qirgʻizistonning janubida nafaqat teatr sanʼatini, balkim professional musiqa sanʼatining rivojlanishiga ham yuksak hissa qoʻshgan. Chunki truppaning repertuarida drama asarlaridan tashqari, koʻplab konsert dasturlari namoyish etilardi, shuningdek musiqali spektakllar qoʻyilardi, bu professional musiqachilar yetishib chiqishiga alohida bosqich boʻldi. Teatr truppasi Bobur (Kirov) nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrini tuzishga asos boʻlgan.
Ushbu teatr Toshkentdagi Hamza nomli Oʻzbek milliy akademik drama teatridan (1913-27-fevral 1914 yillari tuzilgan) keyin Markaziy Osiyodagi eng keksa teatrdirOʻsh Oʻzbek akademik teatri 95 yilligini nishonladiMarkaziy Osiyodagi eng keksa professional teatr 100 yoshga toʻldi. Rahmonberdi hoji Madazimov teatr truppasi bilan Oʻshning barcha tumanlarini aylanib, konsert va spektakllar qoʻyib chiqdi va sanʼat quroli orqali Qirgʻiziston janubida Sovet hokimiyatini oʻrnatishga faol ishtirok etdi.
Truppaning sahnasida Rahmonberdi Madazimov tomonidan qoʻyilgan oʻsha kezlardagi yirik asari Mannon Uygʻurning „Turkiston tabibi“ komediyasi reaksionerlar tomonidan nafrat va adovat bilan qarshi olindi. Oʻsha vaqtda truppada ayollar boʻlmaganligi sababli spektakldagi ayol obrazini Joʻraxon Zaynobiddinov zoʻr mahorat bilan yaratgan. 20-yillar oxirida sahnada birinchi marta ayol aktrisalar paydo boʻldi. Ularning baʼzilari oʻz hayoti bilan vidolashdilar. Aktrisalar N. Yoʻldosheva va R. Parpiyevalar bosmachilar tomonidan shafqatsizlarcha oʻldirilganTeatr Kirgizstana v 20-80 godax.
Fuqarolar urushi davrida Oʻsh xududi va uning tevarak-atrof tumanlari front maydoniga aylandi. Truppa ham shu frontning ishtirokchisi, partiyaning targʻibotchisi boʻldi. Maʼrifatchi va inqilobchi Boltihoji Sultonov va Fozilbek Qosimbekovlar teatr truppasini oyoqqa turgizishda teatr truppasining asoschisi, direktori, badiiy rahbari va rejissyori Rahmonberdi Madazimovga yordam berdilarTeatr kutlug 60 yillik tuyini nishonladi. Boltihoji Sultonovning qudasi teatrning asoschisi, direktori va badiiy rahbari Rahmonberdi hoji Madazimov shunday hikoya qilgan edi: — Qurboshi Madaminbek Andijon atrofida izgʻib, xalqni talab yurgan edi. Oʻsh garnizoni Andijon harbiy qismiga qurol-yarogʻ bilan yordam qilmoqchi boʻldi. Lekin qurollarni qanday yetkazish mumkin? Bu mushkulni teatr artistlari hal qildilar. Soyabon arava bezatilib, qurol-yarogʻlar tekis taxlandi. Ustiga polos, koʻrpa-toʻshaklar solindi. Rahmonberdi Madazimov grim bilan katta eshon qiyofasiga kirdi. Yana ikki artist uning „muridlari“ boʻldi. Uchchalasi ham oldiga eski kitoblardan ochib, „xatmi-xoʻja“ qilganday yoʻlga tushishdi. Arava Xoʻjaobodga yaqinlashganda miltiq ovozi eshitildi. Oʻn nafar otliqlar kelib aravani oʻradi. Shunda aravakash bosmachilarga qarab, „jim“ ishorasini qildi va pardani qiya ochdi. Bosmachilar „eshon“ va „muridlar“ni koʻrib, taʼzim qilishdi. Soʻngra hurmat bilan Andijonga kuzatib qoʻydi. Qizil armiyani qurol bilan taʼminlash maqsadida truppaning bunday „postanovkalari“ bir necha marta takrorlandi.
Teatr davrning dolzarb masalalarini koʻtarib chiqish, eng yaxshi pesalarni sahnalashtirishga asosan 1929 yildan boshlab kirishdi. Qirgʻiziston xalq komissarlari Kengashining qaroriga binoan shu yildan teatr professional jamoa sifatida ish boshladi. 1929-1931 yillarda teatr sahnasida teatr rahbari Rahmonberdi Madazimov tomonidan qoʻyilgan Komil Yashinning „Lolaxon“, „Aji-aji“ nomli pesalari sahnalashtirildi. Bu asarlar gʻoyaviy muxoliflarning kirdikorlarini fosh etishda muhim rol oʻynadi. „Lolaxon“ spektakli Oʻsh, Aravon, Oʻzgan, Qorasuv, Xoʻjaobod mehnatkashlariga qayta-qayta namoyish etildi. Reaksion elementlar teatr tashkilotchilariga qarshi bir necha marta fitna uyushtirdilar. Bosh rollarni oʻynagan Rahmonberdi Madazimov, Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Xasanova, Laylixon Moidovalarni ushlash va koʻzlarini oʻyib olish uchun qotillar tayinlagan edi. Artistlarni qurol bilan qoʻriqlashga toʻgʻri keldi.
thumb|left|200px|Boltihoji Sultonov thumb|right|350px|Joʻraxon Zaynobiddinov, Oʻsh taʼlim boshqarmasi boshligʻi profsoyuz ishchilari birinchi sʼezdi ishtirokchilari bilan, 1920-yil Tashkiliy qiyinchiliklarga qaramay, teatr oʻz repertuarini yangi, gʻoyaviy badiiy yetuk asarlar hisobiga kengaytirib bordi. Bu ishda teatrga SSSR xalq artisti Rahim Pirmuhamedov, Oʻzbekiston xalq artistlari Hikmat Latipov (1932-1933-yillar), Qudrat Xoʻjayevlar katta amaliy yordam koʻrsatdilar. Ularning kuch-gʻayratlari bilan Oʻsh teatri sahnasida Rahmonberdi Madazimov tomonidan „Ikki kommunist“, „Gulsara“, „Oʻrtoqlar“, „Alisher Navoiy“ kabi koʻplab yirik asarlar sahnalashtirildi. Komil Yashin va Muzaffar Muhamedovning „Gulsara“ musiqali dramasi sahnaga qoʻyilishi katta voqea boʻldi. Gulsaraning inqilobiy shijoati, erk va or-nomus uchun kurashi, minglab xotin-qizlarning koʻzini ochdi, ozodlikka intilish tuygʻusini kuchaytirdi.
1934 yil avgust oyida yetmish kishidan iborat teatr jamoasi Leningrad shahriga gastrolga bordi. Teatr repertuari „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“ kabi oʻzbek asarlaridan iborat edi. Ammo leningradlik sanʼat shinavandalari ularni shu qadar qizgʻin, shu qadar samimiy kutib oldilarki, ozgina muddatga moʻljallangan gastrol salkam bir oy davom etdi. Ijodiy jamoa korxonalarda, oʻquv yurtlarida, afsonaviy „Avrora“ kreyserida ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishdi, 22 ta konsert berishdi. Gastrol soʻnggida artistlarni Leningrad viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi S. M. Kirov qabul qildi va oʻynalgan spektakllar, konsertlar leningradliklarda chuqur taassurot qoldirganini alohida taʼkidladi. Qabul marosimida Oʻrinboy Rahmonov ham ishtirok etdi va suhbat tugagach, teatr jamoasi bilan birga Sergey Kirov bilan rasmga tushdi. S. M. Kirov 1934 yili vafot etgandan soʻng, 1936 yili teatr uning nomi bilan ataldi.
1934 yili Toshkentda ilgʻor paxtakorlarning slyoti oʻtkazildi. Slyotda konsert berish uchun Oʻzbekiston Markaziy ijroiya qoʻmitasining raisi Yoʻldosh Oxunboboyevning taklifi bilan Oʻsh teatri Toshkentga ijodiy safarga ketdi. Slyot qatnashchilari hofiz Abdulla taroq Fayzullayev, artistlar Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, Roziyaxon Moʻminova, Laylixon Moidova, Qodirjon Hamidov, Gʻulomjon Isroilovlarning chiqishlarini zoʻr olqishlar bilan kutib oldilar. 1934 yili teatr Moskvaga ham gastrolga borib keldi. 26-may-4-iyun 1939 yili Moskvadagi qirgʻiz sanʼati birinchi dekadasida qatnashib keldi va M. I. Kalinin bilan uchrashdi. 1939 va 1940 yillari Oʻrinboy RahmonovLyudi, kotoriye menyali mir teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi.
1939 yili teatrning yetakchi artistlari Roziyaxon Moʻminova va Abdulla taroq Fayzullayev Qirgʻizistonda birinchi boʻlib Kirgiz SSRda xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvonini olishgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, koʻplab teatr aktyorlari oʻz ixtiyori bilan frontga ketishdi. Oʻrinboy Rahmonov urush maydonida jiddiy yaradorlanib, Oʻshga yuborildi va 1942 yili teatrning badiiy rahbari etib tayinlandi va u 1949 yilgacha teatrga rahbarlik qildiOvatsii dlya Babura.
Ikkinchi jahon urushi davrida teatr sanʼatkorlari oʻzlarining Vatan oldidagi burchlarini chuqur his etib, frontda boʻlib, soldatlarga madaniy xizmat koʻrsatdilar. Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, Enaxon Boʻtayeva, Mirzajon Otaboyevlar jangchilarni mardlikka, qaxramonlikka undadilar. Shu yillarda Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Komil Yashinning „Boʻron“, „Oʻlim bosqinchilarga!“, Sobir Abdullaning „Qurbon Umarov“, Uygʻunning „Hayot qoʻshigʻi“, Bil-Belotserkovskiyning „Chegarachilar“, Korneychukning „Front“ asarlarini sahnaga qoʻyib, teatr jamoasi mehnatkashlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshdilar.
Ijodiy jamoaning kamolotga erishuvida teatrning badiiy rahbari Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Hamzaning „Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“, K. Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, Shillerning „Makr va muhabbat“, Sobir Abdullaning „Tohir va Zuhra“, Oʻrdubodiyning „Besh soʻmlik kelin“, Hurshidning „Farhod va Shirin“, Komil Yashinning „Gulsara“, Uygʻunning „Navbahor“, „Oltinkoʻl“ asarlarini sahnalashtirilishi alohida bosqich boʻldi.
Teatrda shuningdek Ch. Aytmatovning „Momo yer“, K. Yashinning va M. Muhamedovning „Dilorom“, V. Shekspirning „Otello“ asarlari sahnalashtirildi. Teatr ellikinchi-olmishinchi yillarga kelib mustamlaka va qaram mamlakatlarda milliy ozodlik harakatining avj olishi, mazlum xalqlarning ozodlik, demokratiya uchun kurashi mavzuiga, aniqrogʻi xorijiy Sharq yozuvchilarning shu mavzudagi asarlariga murojaat etdi. Yozuvchi Sohib Jamolning „Guli siyoh“, „Afsonaviy shaxs“ asarlari asosida ishlangan musiqali dramani tomoshabinlar mamnuniyat bilan kutib oldilar. Ijodiy jamoa kamolot pillapoyalaridan dadil koʻtarilib borib, jahon va rus adabiyoti klassiklarining asarlariga murojaat qila boshladi. Birdaniga uchta klassik asar: N. Gogolning „Revizor“ va „Uylanish“, Karlo Gotssining „Malika Turandot“ sahnaga qoʻyildi va teatrning yetakchi aktyori Joʻraxon Rahmonov ularda bosh rollarni ijro etdi. Keyingi yillarda Sh. Rashidovning „Qudratli toʻlqin“, K. Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, „Qizil galstuk“, F. Shillerning „Makr va Muhabbat“, K. Goldonining „Ikki xoʻjayinning bir quli“, A. Ostrovskiyning „Momaqaldiroq“, N. Boytemirovning „Urqiya“, „Toʻy oldidan toʻpolon“, „Sevgi, jaz va shayton“ asarlari sahnada muvaffaqiyatli qoʻyildi.