UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016 oʻtish bosqichi 2015-yilning 30-iyunidan 26-avgustiga qadar boʻlib oʻtadi. Jami 56ta klub ushbu bosqichda ishtirok etadi va bu bosqich orqali guruh bosqichida ishtirok etuvchi 32ta klubning 10tasi saralab olinadi.

Barcha vaqtlar MYYV boʻyicha (UTC+2).

Round va qurʼa sanalari Barcha qurʼa jarayonlari Shveysariyaning Nyon shahridagi UEFA shtab-kvartirasida boʻlib oʻtadi.

RoundQurʼa sanasi va vaqti1-uchrashuv2-uchrashuv1-oʻtish roundi22-iyun 2015, 12:0030–iyun 1-iyul 20157–8-iyul 20152-oʻtish roundi14–15-iyul 201521–22-iyul 20153-oʻtish roundi17-iyul 2015, 12:0028–29-iyul 20154–5-avgust 2015Pley-off roundi7-avgust 2015, 12:0018–19-avgust 201525–26 avgust 2015

Format Oʻtish bosqichida jamoalar ikki marta uy va safar uchrashuvlarini oʻtkazadi. Har ikki uchrashuvga binoan qaysi jamoa umumiy eng koʻp gol urgan boʻlsa keyingi bosqichga yoʻllanma oladi. Agar urilgan gollar hisobi teng chiqsa, unda qaysi jamoa safarda koʻproq gol urgan boʻlsa, keyingi bosqichga chiqadi. Agar safarda urilgan gollar ham teng kelsa, 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt beriladi. Qoʻshimcha vaqtda ham safar goli qoidasi oʻynaydi, masalan: qoʻshimcha vaqtda 0-0 hisobidan tashqari har qanday durang natija boʻlsa mezbon jamoa keyingi bosqichga chiqadi, agar 0-0 bilan yakun topsa, unda, penaltilar tepishadi va gʻolib aniqlanadi.

Qurʼa tashlashda har bir round uchun, klublar mavsum boshidagi UEFA koeffitsiyentlar jadvali orqali reytinglanadi va tanlangan va tanlanmagan jamoalarga boʻlinadi. Tanlangan jamoalar tanlanmagan jamoalarga qarshi qurʼa orqali raqib boʻladi va ikki marta uy va safar uchrashuvlarini oʻtkazadi. Ikkinchi va uchinchi oʻtish roundi uchun qurʼa jarayoni, oldingi round natijalari maʼlum boʻlganidan soʻng amalga oshiriladi. Bitta assotsiatsiyadan boʻlgan jamoalar bu bosqichda ham, guruh bosqichlarida ham bir biriga qarshi oʻynamaydilar.

Jamoalar Oʻtish bosqichi mobaynida, jamoalar oʻynagandan soʻng ikki yoʻnalishga boʻlinadi: Chempionlar yoʻnalishi - yaʼni ichki chempionatida chempion boʻlgan, ammo, chempionlar ligasi guruh bosqichiga bevosita yoʻllanma olmaganlar. Liga yoʻnalishi - (shuningdek, Chempion boʻlmaganlar yoʻnalishi) yaʼni ichki chempionatida chempion boʻlmagan va chempionlar ligasi guruh bosqichiga ham bevosita yoʻllanma olmaganlar. Oʻtish bosqichi va pley-off roundida jami 56ta jamoa (shulardan, 41tasi Chempionlar yoʻnalishida, 15tasi Chempion boʻlmaganlar yoʻnalishida) ishtirok etadi. Pley-off roundning 10ta gʻolibi (5ta Chempionlar yoʻnalishida, 5ta Chempion boʻlmaganlar yoʻnalishida) chempionlar ligasi guruh bosqichida bevosita ishtirok etayotgan 22ta jamoaga qoʻshiladi. 3-oʻtish roundining 15ta magʻlub boʻlgan klublari Yevropa ligasi 2015/2016 pley-off roundiga kiradi hamda pley-off roundning 10ta magʻlub boʻlgan jamoasi Yevropa ligasi 2015/2016 guruh bosqichiga yoʻllanma oladi.

Quyidagi jamoalar (2015-yilgi UEFA koeffitsiyentlar jadvali yordamida), boshlangʻich roundlari orqali guruhlarga ajratildi.

Kalit uchun ranglarPley-off roundi gʻoliblari guruh bosqichiga chiqishadiPley-off roundi magʻlublari Yevropa ligasi guruh bosqichiga kiradi3-oʻtish roundi magʻlublari Yevropa ligasi pley-off roundiga kiradi

+Pley-off roundiJamoalarLiga yoʻnalishi Manchester United103.078 Valencia99.999 Bayer Leverkusen87.883 Sporting CP56.276 Lazio49.102+3-oʻtish roundiJamoalarChempionlar yoʻnalishi Basel84.875 Red Bull Salzburg43.135 Viktoria Plzeň41.825Liga yoʻnalishi Shaxtyoar Donetsk86.033 Ajax66.195 CSKA Moskva55.599 Club Brugge41.440 Monaco31.483 Young Boys31.375 Sparta Prague30.825 Fenerbahçe30.020 Panathinaikos19.880 Rapid Wien15.635+2-oʻtish roundiJamoalarChempionlar yoʻnalishi Steaua București40.259 Celtic39.080 APOEL35.460 BATE Borisov35.150 Ludogorets Razgrad25.350 Dinamo Zagreb24.700 Maribor22.225 Maccabi Tel Aviv18.200 Lech Poznań17.300 Partizan14.775 Malmö FF12.545 Qarabağ11.500 HJK11.140 Molde10.375 Midtjylland7.960 Videoton7.950 Skënderbeu Korçë5.575 Sarajevo5.500 Ventspils5.350 Dila Gori4.875 Trenčín4.250 Žalgiris Vilnius3.900 Astana3.825 Milsami Orhei3.750 Rudar Pljevlja3.375 Vardar3.175 Stjarnan3.100 Fola Esch2.525 Dundalk2.150 Hibernians1.591+1-oʻtish roundiJamoalarChempionlar yoʻnalishi The New Saints5.575 Levadia Tallinn4.200 Pyunik3.550 FC Santa Coloma2.666 Crusaders2.475 B36 Tórshavn1.450 Lincoln Red Imps0.550 Folgore0.349

1-oʻtish roundi

Taqsimlash 1-oʻtish roundida jami 8ta jamoa ishtirok etadi. Birinchi oʻtish roundi uchun qurʼa tashlash 2015-yilning 22-iyunida boʻlib oʻtdi..

TaqsimlanganlarTaqsimlanmaganlar The New Saints Levadia Tallinn Pyunik FC Santa Coloma Crusaders B36 Tórshavn Lincoln Red Imps Folgore

Izoh Birinchi uchrashuv 2015-yilning 31-iyun va 1-iyulida hamda ikkinchi javob uchrashuvi oʻsha yilning 78-iyulida boʻlib oʻtdi.

Oʻyinlar

Pyunik umumiy 4–2 hisobida gʻalaba qozondi.

Lincoln Red Imps umumiy 2–1 hisobida gʻalaba qozondi.

Umumiy hisob 1–1 boʻldi. Crusaders safarda urilgan gol qiymati evaziga gʻalaba qozondi.

The New Saints umumiy 6–2 hisobida gʻalaba qozondi.

Manbalar

Izohlar

Havolalar

2015/16