„Kuy avjida uzilmasin tor“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1991-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasida chop etilgan. Toʻplamga Vohidov 1960-, 1970- hamda 1980-yillarda yozgan sheʼrlari va „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. Toʻplamga kiritilgan „Kuy avjida uzilmasin tor“ sheʼri Vohidovning eng keng tanilgan sheʼrlaridan biri boʻlib, shoir 2016-yilda kasalikka chalingani haqida xabar tarqalganidan keyin uning ijodiga bagʻishlangan blog va maqolalarda tilga olingan.

Kitob boshida Vohidovning tarjimai holi keltililgan. Toʻplam „Kuy avjida uzilmasin tor“, „Dildorga noma yozdim“, „Oʻrtada begona yoʻq“, „Ona tilim oʻlmaydi“ turkumlariga boʻlingan. Asar rasmlarini I. Kiriakidi chizgan.

Manbalar

Yana qarang V minutu pesni ne porvis, struna...

Havolalar „Kuy avjida uzilmasin tor“ Ziyouz saytida

Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari