Vasim Sajjod (); 30-mart 1941-yil) – 2 karra Pokiston prezidenti vazifasini bajaruvchi. Ayni paytda muxolifat yetakchisi boʻlgan.

Biografiyasi Vasimning otasi Ahmad Sajjod sudya edi. Vosim Panjob universitetida oʻqigan va 1961-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. Bir qator universitet imtihonlarida (ingliz tili va siyosatshunoslik) koʻplab oltin medallarni qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, 1962-yilda huquq kolleji tennis jamoasi sardori.

Vosim Sajjod 1985-yilda Senatga saylangan. 1986-yil sentyabridan 1988-yil dekabrigacha Adliya vaziri lavozimida ham ishlagan. 1988-yil 24-dekabrda Senat raisi etib saylandi. Sajjod 1991-yilda yana senator etib saylangan. Vasim Sajjod Senat raisi sifatida bir necha bor Pokiston prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻlgan. Masalan, 1993-yilda Gʻulom Isxoqxon va Navoz Sharif oʻrtasidagi qarama-qarshilik tufayli Milliy Assambleya tarqatib yuborilganda, u prezident vazifasini bajaruvchi boʻlgan.

1997-yil 2-dekabrda prezident Faruk Legarining isteʼfoga chiqishidan soʻng, Vasim Sajjod Senat raisi sifatida yana prezident vazifasini bajaruvchi boʻldi.

Pokiston parlament delegatsiyasi rahbari sifatida bir qancha davlatlarga, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Polsha, Yaponiya, Malayziya, Filippin va Tailandga amaliy tashriflarni amalga oshirdi.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar