Sergio Mattarella (, [ˈsɛrdʒo mattaˈrɛlla]; 23-iyul 1941-yil, Palermo) – Italiya davlat arbobi, 2015-yil 3-fevraldan mamlakat prezidenti.

Biografiyasi 1941-yilda Bernardo Mattarella (1905—1971-yil) oilasida tugʻilgan . 1964-yilda Rim universitetini tugatgan. 1965-yildan Palermo universitetida oʻqituchilik qilgan. 1967-yildan advokat boʻlib ishlagan. 1980-yilda Xristian-demokratlar ittifoqiga kirdi. 1992-1994 yillarda Il Popolo gazetasi bosh muharriri. 1983-1992-yillarda Deputatlar palatasi aʼzosi. 2006-yil 29-iyundan 2008-yil 28-aprelgacha mandat komissiyasi raisi. 1987-yil 28-iyuldan 1989-yil 22-iyulgacha Parlament bilan aloqalar vaziri. 1989-yil 22-iyuldan – 1990-yil 27-iyulgacha Taʼlim vaziri. 21-oktyabr 1998-yil – 22-dekabr 1999-yil – Ministrlar Soveti Raisining oʻrinbosari. Yugoslaviyaning bombardimon qilinishini yoqlagan. 22-dekabr 1999-yildan 11-iyun 2001-yilgacha – Mudofaa vaziri. 5-oktyabr 2011-yilda Konstitutsiyaviy sud aʼzosi etib saylandi. 2-fevral 2015-yilda faxriy sudya unvonini oldi. 31-yanvar 2015-yilda Italiya parlamenti tomonidan Italiya Prezidenti etib saylandi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar