+HududlarShimoli-GʻarbiyShimoliyShimoli-SharqiyGʻarbMarkaziySharqiyJanubi-Gʻarbiy JanubiyJanubi-Sharqiy
Shimoliy hudud - Avstraliyaning shim. qismidagi maʼmuriy birlik. Maydoni 1,4 mln. km². Aholisi 196,3 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Darvin shahri Hududining katta qismini bal. 200–300 m li plato egallaydi. Iqlimi shimolida tropik mussonli va janubida choʻl iqlimi. Shimoliy hudud mamlakatning nisbatan kam rivojlangan va aholi siyrak joylashgan rayoni. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — konchilik sanoati va chorvachilik. Marganets rudasi, boksit, oltin, mis va temir rudalari, kumush va qalay qazib olinadi. Chorvachilikda, asosan, qoramol boqiladi. Dehqonchilikda yer yongʻoq, sorgo, banan, apelsin, sabzavotlar yetishtiriladi.
Shimoliy hudud
Shimoliy hudud (Braziliya) Shimoliy hudud (Kamerun) Shimoliy hudud (Malavi) Shimoliy hudud (Portugaliya) Shimoliy hudud (Singapur)