„Sheʼr dunyosi“, toʻliq nomi „Saylanma. Ikkinchi jild. Sheʼr dunyosi“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Yana uch kitob — „Sheʼr dunyosi“, „Umrim daryosi“ hamda „Koʻngil nidosi“ asarlaridan iborat „Saylanma“ toʻrt jildli sheʼriy toʻplamining ikkinchi jildi. 2001-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot matbaa-konserni bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga muallif 1970- hamda 1980-yillarda yozgan sheʼrlar, jumladan, „Ikkinchi tumor“ pyesasi hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. Toʻplamdan Johann Wolfgang von Goethening „Faust“ fojiasi tarjimasidan parchalar ham oʻrin olgan.

Yana qarang „Ishq savdosi“ „Umrim daryosi“ „Koʻngil nidosi“

Havolalar „Sheʼr dunyosi“ Ziyouz saytida

Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari