Qizil chittak ( — „Qizil chumchuq“) 2018-yilda ekranlarga chiqqan, Francis Lawrence tomonidan suratga olingan, Jason Matthews qalamiga mansub hamda 2013-yilda yozilgan shu nomli romaniga asoslangan josuslar haqidagi Amerika triller filmidir. Filmda bosh qahramonlarni Jennifer Lawrence, Joel Edgerton, Matthias Schoenaerts, Charlotte Rampling, Mary-Louise Parker va Jeremy Irons jonlantirishgan.

Qizil chittak filmi premyerasi Oʻzbekistonda 31-may 2018-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida esa 2-mart 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Rotten Tomatoes kinotanqid saytida bu film haqida 273 ta maqola yigʻilib, ulardan 43 % foizi filmni ijobiy baholadi. Film budjeti $69 millionni tashkil qilib, kartina umumjahon boʻylab $151 million daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

thumb|upright|Jennifer Lawrencening ijrosi tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi.

Syujeti Zamonaviy Rossiyada istiqomat qiluvchi goʻzal Dominika Egorova kasal onasiga gʻamxoʻrlik qiluvchi taniqli balerinadir. U raqs vaqtida jiddiy jarohati tufayli, majburiy ravishda balet truppasidan chetlashtiriladi. Shundan soʻng, amakisi yordami bilan agent boʻlishga qaror qiladi. Maxfiy chittaklar maktabiga taklif qilingan Dominika tez orada ularni ishonchiga kiradi. Natijada maxfiy uyushma tarixidagi eng yaxshi agent boʻlib yetishadi. U keyinchalik Sovet davlatiga xiyonat qilib, Amerika hukumati ichki razvedkasida faoliyat yuritadi.

Rollarda Jennifer Lawrence — Dominika Egorova (sirli nomi DIVA) Joel Edgerton — Nathaniel „Nate“ Nash Jeremy Irons — general Vladimir Andreyevich Korchnoy Matthias Schoenaerts — Ivan Dimitrevich Egorov Charlotte Rampling — Matron Mary-Louise Parker — Senator Stephanie Boucher (sirli nomi SWAN) Ciaran Hinds — Kolonel Aleksey Ivanovich Zyuganov Bill Camp — Marty Gable Hugh Quarshie — Simon Benford Sakina Jaffrey — Trish Forsyth Joely Richardson — Nina Egorova Thekla Reuten — Marta Yelenova Douglas Hodge — Maxim Volontov Sasha Frolova — Anya Kristof Konrad — Dimitriy Ustinov Relizi + Mamlakat Premyera sanasi Manba (lar) 2-mart 2018-yil 1-mart 2018-yil 28-fevral 2018-yil 4-aprel 2018-yil 1-mart 2018-yil 31-may 2018-yil

Daromad Dastlab, 20th Century Fox bu filmni 2017-yil 10-noyabrda chiqarishni rejalashtirgandi. Biroq, ushbu kinokompaniya Murder on the Orient Express klassik detektiv filmini ishlab chiqarganligi tufayli kartina premyerasi 2018-yil martiga kechiktirildi.

Filmning budjeti $69 million boʻlib (shundan $15-20 million Jennifer Lawrencening gonorori boʻlgan), kartina umumjahon boʻylab $151 milliondan oshiq (bundan $46.8 million AQSh va Kanada, $104.7 million esa qolgan mamlakatlarda) daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2018-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Francis Lawrence filmlari Turkum:20th Century Fox filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:IMAX filmlari