Pierre Deligne () (1944-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — belgiyalik matematik. Deligne 1973-yilda Weil gipotizasini toʻliq isbotlab, shuhrat qozongan. U 1978-yilgi Fields medalihttps://mathshistory.st-andrews.ac.uk/Biographies/Deligne/, 1988-yilgi Crafoord mukofoti, 2008-yilgi Wolf mukofoti va 2013-yilgi Abel mukofoti sovrindorihttps://www.ias.edu/scholars/deligne. Deligne Fields medali, Wolf mukofoti hamda Abel mukofoti bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Jean-Pierre Serre, John Milnor, John Thompson hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda).

Deligne Bruxellesda tugʻilgan, Bruxelles ozod universitetida tahsil olganhttps://brockhaus.de/ecs/enzy/article/deligne-pierre-rene. Deligne Alexander Grothendieck rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganidan soʻng, u bilan Parij yaqinidagi Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlaganhttps://www.genealogy.math.ndsu.nodak.edu/id.php?id=61289. 1968-yilda esa Jean-Pierre Serre bilan ishlagan. U, shuningdek, David Mumford bilan algebraik chiziqlar modullari fazolarini tasvirlash masalasi boʻyicha hamkorlik qilgan.

1970–1984-yillarda AQShda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan, bir vaqtning oʻzida Ilmiy tadqiqot oliy institutining doimiy xodimi boʻlib qolgan. Perspektiv tadqiqotlar institutida u algebraik geometriya sohasiga tegishli boʻlmagan koʻplab muhim ilmiy ishlar ustida ishlagan.

Manbalar

Havolalar Roberts, Siobhan. Simons Foundation: Pierre Deligne — biografiya va videointerviyu Katz, Nick. The Work Of Pierre Deligne. // Proceedings of the International Congress of Mathematicians. — Helsinki, 1978. — pp. 47–52. — ISBN 951-410-352-1

Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari Turkum:Fields medali sovrindorlari