Qalb () – 2020-yilda katta ekranlarga chiqarilgan komediya-drama janridagi Amerika kompyuter-animatsion filmi. Pixar Animation Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgan. Film rejissori Peter Docter, produseri esa Dana Murraydir. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Jamie Foxx, Tina Fey, Graham Norton, Rachel House, Alice Braga, Richard Ayoade, Phylicia Rashad, Donnell Rawlings, Questlove va Angela Bassett kiradi.
Syujeti Hech omadi chopmagan musiqachi – Joe Gardner hamma narsa iziga tushayotganda hayotdan koʻz yumadi. Uning ruhi esa, Yerga qaytish uchun harakat qiladi va buning uchun hamma narsaga tayyor boʻladi. U oʻlim darvozasidan yashirincha qaytadi. Buni sezib qolmasliklari uchun ustozlik qilishga harakat qiladi. Uni bir necha asrlardan beri yerga tushishni istamaydigan „22“ga ustoz qilishadi. „22“ esa Yerga tushishni istamasligini, ammo uning tushishi uchun yodam berishini aytadi. Uning Yerga qaytishiga imkon topiladi. Ammo orzu oʻylaganidan boshqacharoq boʻlib amalga oshadi. Qahramon Yerga oʻzining emas, mushukning tanasida, „22“ esa uning tanasida tushadi. „22“ga yerdagi hayot yoqib qoladi va ortiga qaytishni istamaydi. Lekin bu paytda Paul (ruhlar hisob-kitobchisi) Joening ruhi yoʻqolganini sezib qoladi. Paul yerga tushib, Joening ruhi va „22“ni olib ketadi.
Ovoz berganlar Jamie Foxx – Joe Gardner Tina Fey – 22 Questlove – Curly Phylicia Rashad – Joening onasi Daveed Diggs – Paul
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:2020-yil filmlari Turkum:2020-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:Pixar animatsion filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:Dramatik filmlar Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:2020-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:Pete Docter filmlari Turkum:Kemp Powers filmlari