Chung Ju-Yun yoki Jung Ju-young (1915-yil 25-noyabr - 2001-yil 21 mart) - koreyalik tadbirkor, ishbilarmon va Janubiy Koreyaning Hyundai Groups asoschisi. Kambagʻal koreys dehqonining toʻngʻich oʻgʻli boʻlib ulgʻaygach, u dunyodagi eng boy odamlardan biriga aylandi. Chungning ishbilarmonlik faoliyati (kompaniyalari) Yaponiya Koreyani bosib olishning ogʻir vaqtlarida va keyinchalik 1950-yillar Koreya urushi paytidagi voqealarga muvaffaqiyatli bardosh bera oldi. Chung oʻzining muvaffaqiyatini bayonotida shunday izohladi: "Ishonish beparvolikni keltirib chiqaradi. Bu moʻjizalar kaliti. Insonning imkoniyatlari cheksizdirMade in Korea: Chung Ju Yung and the Rise of Hyundai. By Richard M. Steers. Pg. 1. 1998.."
Hayoti
Yoshlik paytlari Chung Ju Yun Koreyaning Yaponiya hukmronligi davrida Kangvon viloyatida (Shimoliy Koreya) tugʻilgan. U qashshoq dehqonlar oilasida tugʻilgan, yetti farzandning toʻngʻichi edi. Yosh bolakay Chung maktab oʻqituvchisi boʻlishni orzu qilar edi, ammo uning umidlari barham topdi, chunki oʻsha paytdagi cheklangan muhit oilani qashshoqlikda saqlab, Chungni yuqori ma'lumot olish imkoniyatlaridan mahrum qildi. Qiyinchiliklarga qaramay, oilaviy fermadagi ishlardan tashqari, Chung bobosi tomonidan boshqariladigan mahalliy konfutsiy maktabiga borishi mumkin edi.
Chungning ishbilarmonlik qobiliyati borligi, shaharda oʻtin sotishni boshlaganidan boshlanadi. Shaharning tez sur'atlar bilan rivojlanishi va gazetalarda oʻqigan maqolalari, uning tasavvurini butunlay oʻzgartiradi, bu Chungning oʻzi va oilasi boshidan kechirayotgan qashshoqlikdan charchaganini anglab yetishiga olib keladi.
Birinchi qochish urinishi Oʻn olti yoshida Chung va doʻsti qishloq xoʻjaligining ogʻir voqeliklaridan qochish niyatida Chongjin shahriga borishga qaror qilishdi Pechun vodiysining eng xavfli joylaridan 15 mil yurgandan soʻng, juftlik Kovon shahriga yetib borishdi va u yerda qurilish ishchilari sifatida ish olib bordilar. Ular kam maosh evaziga uzoq vaqt ishladilar, ammo Chung mustaqil ravishda pul ishlashi mumkinligidan mamnun edi. Chung va uning doʻsti ishda Chungning otasi ularning qayerda ekanliklarini bilguncha ikki oy ishladilar.
Ikkinchi qochish urinishi Chung va uning doʻsti boshlagan sayohat, uning qurilishiga boʻlgan ishtiyoqini katta ekanliligini va bu soxada muvaffaqiyaga erishish hissini uygʻotadi. Tongchon okrugidagi Asanri qishlogʻiga qaytib kelganida, u yana qochish rejasini oʻylab topdi: bu safar Seul tomonni koʻzlaydi. 1933-yil aprel oyida ikki hamrohi bilan Chung Seulga joʻnadi. Safarning birinchi kuni erta saharida bolalardan biri opasi tomonidan ushlanganligi, butun safarni muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga olib kelish extimoliga olib keladi. Ammo, Chung va uning doʻsti, notanish bir odam tomonidan ularga ish berishni evaziga, ularning hamma pullarini olib qochgani, sayohatlarining eng kattaroq muammoli qismi boshlanishiga olib keladi. Safar, Chungning otasi ikkalasini Chungning bobosining uyida topilganligidan soʻng yakunlandi.
Uchinchi qochish urinishi Chung yana Asanga kelib, u yerda bir yil otasiga oilaviy fermada ishlashiga yordam bergan. Oila oldidagi vazifalari tugashi bilan Chung qashshoqlikdan chiqish uchun qochish uchun yana bir urinish vaqti keldi deb qaror qildi. U otasining sigirlaridan birini sotib, 70 vonga poezd chiptasini olishga muvaffaq boʻldi. Seulga kelgan Chung, buxgalterning ishini boshlashga umid qilib, mahalliy buxgalteriya maktabiga oʻqishga kirdi. Ikki oy davomida ishlar silliq kechdi, otasi uni topishga muvaffaq boʻldi va yengil tortishuvdan soʻng uni Asanga olib ketdi.
Guruch savdogari 1933-yilda, 18 yoshida, Chung toʻrtinchi marta qochishga qaror qildi. U kechasi majburiy nikohdan qochmoqchi boʻlgan doʻsti bilan joʻnab ketdi. Chung Seulga yetib borgach, u topgan har qanday ishga kirishga harakat qildi. U avval Incheon Harbor degan joyga oddiy ishchi, Boston Professional maktabda qurilish ishchisi va kraxmal sirop zavod uchun harxil ishchi sifatida ishlagan.
Qariyb bir yil sirop zavodida ishlagandan soʻng, Chung Seuldagi Bokheung Rice Store doʻkonida yetkazib beruvchi boʻlib ishga joylashdi. Chungning yangi ishi unga olgʻa siljish uchun imkoniyat yaratdi va muvaffaqiyatlga erisha boshladi, soʻng toʻla vaqtli ishda qolishga qaror qildi. Natijada u guruch doʻkonining asosiy xaridorlarining maqtoviga sazovor boʻldi va bu maqtovlar doʻkon egasiga juda ta'sir qildi va olti oy ishlaganidan keyin Chungga doʻkonning buxgalteriyasini boshqarishga ruxsat berdi. Doʻkon buxgalterining tajribasi uning biznes qobiliyatini yaxshi rivojlantirishga yordam berdi.
1937-yilda guruch doʻkonining egasi kasal boʻlib qoldi va doʻkonni Chungga berishga hal qiladi. 22 yoshida Chung doʻkon egasiga aylandi va doʻkon nomini Kyungil Rice Storega oʻzgartirdi. Doʻkon 1939-yil boshlariga qadar oʻsib, yaxshi daromad keltirdi, biroq urushi sababli Yaponiya mamlakati va harbiy extiyojni guruch bilan taminlash uchun guruchni iste'mol qilishning qattiq tizimini oʻrnatdi, bu esa koreys ishbilarmonini guruch savdosidan mahrum qildi.
Hyundaining yaratilishi
A-do xizmati garaji Chung oʻz ishini muvaffaqiyatsiz tugatgandan soʻng oʻz qishlogʻiga qaytib keldi va 1940-yilgacha Seulda qaytadan urinib koʻrishga qaror qildi. Koreyaliklarga Yaponiyaning mustamlaka hukumati tomonidan ba'zi sohalarda oʻrnatilgan cheklovlarning voqelikni koʻrib chiqqanidan soʻng, Chung avtomobillarni ta'mirlash biznesiga kirishga qaror qildi. Oʻz doʻstidan sotib olgan xizmat garajidan foydalanib, Chung A-Do Service Garajni 3000 von kreditga boshladi. Uch yil ichida ishchilar soni 20 dan 70 gacha oʻsdi va Chung yaxshi daromad topdi. 1943-yilda Yaponiya hukumati urush harakatlarining bir qismi sifatida garajni poʻlat zavod bilan birlashtirishga majbur qildi. Uning biznesi yaponiyaliklar tomonidan bostirilganligi sababli yopilgan boʻlsa-da, Chung vaziyatdan unumli foydalanishga harakat qilib, 50.000 von tejab, Asanga qaytdi.
Hyundai 1946-yilda, Koreyaning Yaponiya boshqaruvidan ozod qilingandan soʻng, Chung urushdan keyingi qayta qurish va sanoatlashtirishni kutish uchun Hyundai va Hyundai shahar sanoatini boshladi. Chung hukumatning yirik shartnomalarini qoʻlga kiritdi va Janubiy Koreyaning transport infratuzilmasining koʻp qismini qurish uchun javobgar boʻldi, shu jumladan 1967-yilda Soyang toʻgʻoni, 1970-yilda Gyeongbu Ekspress yoʻli, Ulsan shahridagi dunyodagi eng katta kemasozlik zavodi, Kori atom elektr stantsiyasi va boshqalar. Chung, shuningdek, amerikalik harbiylardan oʻzlarining shaxsiy tarkibi uchun inshootlar qurish boʻyicha shartnomalarni yutib oldi, chunki uning ukasi ingliz tilida gaplasha olgan va AQSh armiyasi muhandislari bilan yaxshi aloqada edi.
Shimoliy Koreyaning 1950-yildagi bosqini paytida Chung qurilish loyihalaridan voz kechdi va xavfsizligi uchun ukasi bilan Busanga qochdi. Uning oʻgʻli Chong Mong Yun shu yerda tugʻilgan. Chung BMT kuchlari va Koreya transport vazirligidan olishi mumkin boʻlgan har qanday ishlarni olib, kompaniya ishini davom ettirdi. Seul BMT kuchlari tomonidan qoʻlga olingach, Chung kompaniyani qayta qurdi va amerikaliklardan qoʻshimcha ishlarni olishda davom etdi.
Oʻshandan beri Chung kompaniyani Janubiy Koreyadagi eng katta chaebol (konglomerat) dan biriga aylantirishda davom etdi. Kema qurishda tajribaga ega boʻlmagan holda, u dunyodagi eng katta kemasozlik zavodi - Ulsan kemasozisini yaratdi. Birinchi kema uch yilda qurib bitkazildi (kutilgan beshtadan koʻproq), chunki varf va kema bir vaqtning oʻzida qurilgan edi. U 1975-yilda Hyundai Pony va 1986-yilda Hyundai Excelni Yevropa tajribasidan foydalangan holda taqdim etdiAutopolis (2011). "1975-1982 Hyundai Pony: An Almost Cinderella Story".Autopolis (2011). "https://autopolis.wordpress.com/2011/05/15/1985-1994-hyundai-excel-the-car-that-launched-a-million-ships/"..
Keyinchalik yillar 1980-yillardan to shu paytgacha Hyundai Group koʻplab yoʻldosh guruhlariga boʻlingan. Chung juda muvaffaqiyatli martaba qozongan. Seosanda u foydalanishga yaroqsiz boʻlgan neft tankerini koferdam sifatida ishlatib muvaffaqiyatli meliorativ loyihani amalga oshirdiAmazon (2010). "Korean Founders of Automobile Manufacturers".. 1998-yilda u DMZ orqali Shimoliy Koreyaga 1001 bosh sigirni yuborgan va bu otasining fermasidan qochishga kerak boʻlgan chipta uchun sotilgan sigirning 1000 baravar toʻlov puli ekanini bildiradi. U birinchi boʻlib Geumgangsanning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni taklif qildi. U „Hyundai Heavy Steel“ kompaniyasiga asos solgan va u doksiz kema ishlab chiqarish usulini ishlab chiqqan.
Chungning homiyligi uni oʻz davridagi boshqa ishbilarmonlardan ajratib turardi. 1977-yilda Ford yoki Rokfeller fondlari faoliyati bilan taqqoslanadigan faoliyat doirasi bilan Asan Jamgʻarmasiga asos solgan. Jamgʻarma xizmat koʻrsatishning toʻrtta asosiy yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan: tibbiy yordam, ijtimoiy farovonlik, ilmiy tadqiqotlar va stipendiya jamgʻarmasi. Jamgʻarma oʻzining sa'y-harakatlari bilan Janubiy Koreyada toʻqqizta kasalxona ochdi, Ulsan tibbiyot kolleji qurdi va Asan hayotni oʻrganish ilmiy institutini moliyalashtirdi. Jamgʻarma, shuningdek, Sinyoung tadqiqot jamgʻarmasi kabi ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash orqali sanoat va ilmiy muassasalar oʻrtasida hamkorlik shartnomalarini tuzdi.
Siyosiy faoliyat 1988-yilda Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun Chung Janubiy Koreyani qoʻllab-quvvatlagan. Ushbu muvaffaqiyat uning avlodining yutuqlarini dunyo koʻz oʻngida ta'kidladi va Seul aholisi uchun katta gʻurur manbai boʻldi. 1992-yilda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi xalqaro miqyosda anglash vositasi sifatida sportga qoʻshgan hissasi uchun Chungga Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi medalini topshirdi.
Chung 1992-yil Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida prezidentlikka nomzod sifatida muvaffaqiyatsiz qatnashdi.
Chung, shuningdek, ikki Koreya oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish ustida ish olib bordi. 1998-yilda 82 yoshida u Shimolga iqtisodiy yordam koʻrsatish uchun Janubiy Koreya hukumati bilan ishladi. Prezident Kim Shimoliy Koreyada iqtisodiy rivojlanishni boshlash uchun 100 million dollarlik xayriya yordami koʻrsatmoqchi edi. Biroq, Kim pulni oʻtkazishning qonuniy yoʻlini topa olmadi. U allaqachon Shimol bilan katta dasturni muhokama qilayotgan Chungga oʻgirildi. Kim Chungni hukumat tomonidan nazorat qilinadigan Koreya Rivojlanish Banki tomonidan beriladigan maxfiy kreditlar evaziga sarmoyasini 100 million dollarga koʻpaytirishga koʻndirdi. Tarixiy Janubi-Shimoliy sammit boʻlib oʻtdi, Chung chegara boʻylab Shimoliy Koreya xalqiga sovgʻa sifatida 1001 ta „birlashtiruvchi sigir“ boʻlgan mashinalarda yurdi.
Oʻlim Chung 85 yoshida tabiiy sabablar tufayli Seuldagi uyida vafot etdi va u Buddist va Konfutsiyning urf-odatlari boʻyicha dafn qilindi. Uning rafiqasi Byun Djong-seok, 2008-yil 17-avgustda 88 yoshida vafot etdi, yurakning uzoq muddatli asoratlari tufayliHyundaiʻs Cornerstone Passes Away; '현대家의 대모' 변중석 여사 영원히 잠들다 , Xanamdagi oilaviy qabristonda, eri va ularning oʻgʻillari bilan birga dafn qilindi.
Meros Koreys tarixidagi eng tan olingan va hurmatga sazovor ishbilarmon kishilardan biri sifatida Chungning shaxsiyati hozirgi zamon koreys jamiyati va sanoatida yetakchi oʻrinni egallaydi. Ijodkorlik va innovatsiyalarni ta'kidlaydigan biznes bilan bogʻliq tadbirlar uning nomi bilan nomlandi. Hyundaining hozirgi muvaffaqiyatining aksariyati Chungning zamonaviyligi va Hyundai rahbariyati saqlab qolishi kerak boʻlgan gʻoyalar bilan bogʻliq.
Kitoblar
Sinovlar natijasi boʻlmasligi mumkin Bu mamlakatda tugʻilgan (ingliz) Agar muvaffaqiyatga erishishni rejalashtirmoqchi boʻlsangiz, lablaringiz kuyishi kerak.
Oila
Aka-ukalari
Chung In-yung (1920 ~ 2006). Hyundai Groupni tark etganidan keyin u Mando Machinery, Halla Cement, Halla Construction, Halla Heavy Industries va Halla Climate Control Corp kabilarni oʻz ichiga olgan Halla Business Groupga asos soldi.