Fransiya davlati avtomobilsozlik sanoatidagi ilk yetakchilaridan boʻlib, 2015-yildagi koʻrsatkichlariga koʻra avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda 11-oʻrinda turadi va Yevropada uchinchi (Germaniya va Ispaniyadan keyin)OICA: Production Statistics RITA. Table 1-23: World Motor Vehicle Production, Selected Countries Michigan Statistical Abstract 1996. Table XIV-1. Fransiya Ikkinchi jahon urushi oxiridan to 2000-yilgacha izchil 4-chi yirik sanoat dirjavasi boʻlgan.
Fransiyada ikkita yirik avtomobilsozlik kompaniyalari joylashgan boʻlib, ular:
PSA Group (Peugeot, Citroën, DS va Opel / Vauxhall markalari egasi) Yevropadagi 2-yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi va 2015-yilda dunyoda 11-oʻrinni egallaydi. Renault Group (Renault, Alpine, Dacia, Renault Samsung Motors markalariga va Nissanning 43 foizi ulushiga ega) Yevropadagi 3-yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi va 2015-yilgi koʻrsatkichlarga koʻra dunyoda 10-oʻrinni egallaydi.
Fransiyadagi avtomobil ishlab chiqaruvchi kichikroq kompaniyalar qatoriga quyidagilar kiradi:
Bugatti, Volkswagen Groupning luks brendli avtomobillarining bosh qarorgohi Molsheymda joylashgan . Venturi, kichik sport avtomobillarini ishlab chiqaruvchi va Formula E jamoasining homiysi. Aixam va Mega, Polaris Industries kompaniyasining microcar brendlari qarorgohi Aix-les-Bainda joylashgan . Microcar va Ligier, microcar markaldagi avtomobil DrivePlanet qarorgohi Abrestda joylashgan
Renault Trucks Fransiyada joylashgan tijorat transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya boʻlib, u hozirda Volvo ABga tegishli. PSA ham, Renault ham Fransiyadan tashqarida koʻplab transport vositalarini ishlab chiqarish korxonalariga egadir. Fransiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Afrika bozorida uzoq vaqtdan beri hukmronlik qilgan, ammo 1970-yillardan boshlab yaponiyalik avtomobil ishlab chiqaruvchilarning taransport vositalarining narxlari pastligi va mos keladigan yengil avtomobillar va yuk mashinalarining mavjudligi sababli asta-sekin bozorni egallay boshladilar.
Fransuzlar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar bir necha bor "Yilning eng yaxshi avtomobili " va „ Jahon avtomobili“ mukofotlariga sazovor boʻlishdi. Citroën DS modeli Car of Century (eng yaxshi davr avtomobili) mukofotida uchinchi oʻrinni egalladi va Classic & Sports Car jurnali tomonidan eng yaxshi avtomobil deb tan olindi„This Just In: Model T Gets Award“, James G. Cobb, The New York Times, 24-dekabr 1999-yil.
XVIII va XIX asrlar thumb|Jozef Kugnotning 1770-yilgi Farderi-Vapeur (dunyodagi birinchi avtomobil)
1769-yil — Nikolas-Jozef Kugnot birinchi oʻzi yuradigan mexanik transport vositasini quradi.
1807-yil — Fransua Isaak de Rivaz vodorod bilan ishlaydigan ichki yonish dvigatelini ixtiro qildi.
1859-yil — Jozef Etienne Lenoir ichki yonish dvigatelini yaratdi.
1884-yil — Edouard Delamare-Deboutteville Fransiyada benzin bilan ishlaydigan birinchi avtomobilni yaratdi.
1885-yil — Amédie Bollée bugʻ bilan ishlaydigan transport vositalarini ishlab chiqarishni boshladi.
1887-yil — Leon Serpollet bugʻ bilan ishlaydigan transport vositalarini qurishni boshladi. thumb|1891-yil Panxard va Levassor 1887-yil — Panhard et Levassor, Rene Panhard va Emile Levassor tomonidan avtomobil ishlab chiqaradigan konserni tashkil etib, 1891-yilda birinchi avtomobil ishlab chiqariladi.
1890-yil — Armand Peugeot Daimler benzinli ichki yonish dvigatelidan ishlaydigan toʻrt gʻildirakli avtomobilni ishlab chiqaradi.
1894-yil — Albert de Dion va Jorj Buton bitta silindrli benzinli dvigatelni, 1898-yilda esa toʻrt gʻildirakli avtomobilni ishlab chiqardilar. Ular 1883-yildan boshlab bugʻ bilan ishlaydigan mashinalarni qurishgan.
1894-yil — Delahaye kompaniyasiga Emile Delahaye tomonidan asos solinadi. Kompaniya 1954-yilda Hotchkiss et Cie tomonidan sotib olinadi va avtmobil ishlab chiqarishni toʻxtatadi.
1896-yil — Armand Peugeot oʻz dvigatellarini qurishga va avtomobillariga moslashni boshlaydi.
1896-yil — Léon Bollée benzin bilan ishlaydigan mashinalarni qurishni boshlaydi. thumb|1899-yil Renault Type A modeli thumb|1903-yil BeRliet 20CV Demi limuzin thumb|1912-yil Lorraine-Ditrix 12 HP Torpedo thumb|1925-yil Avions Voisin C3 Cabriolet Transformable 1898-yilda aka-uka Lui, Marsel va Fernand Renaultlar birinchi avtomobillarini sotishni boshashadi.
1900-1950-yillarda thumb|1936-yil Bugatti 57SC Atlantic thumb|1937-yil Talbot Lago T150C SS thumb|1937-yil delage D8 120 Aerosport Coupe thumb|1939-yil Delahaye Type 165 kabriolet thumb|Citroën 2CV thumb|Hotchkiss Artois thumb|Salmson Cabriolet G72 thumb|Alp A110
1903-yilda Fransiya AQShda ishlab chiqarilgan 11,235 ta mashinaga nisbatan 30 124 ta mashina (dunyodagi jami ishlab chiqarishning qariyb 49 %) ishlab chiqaradigan dunyodagi yetakchi avtomobilsoz boʻlib qoldi.
1903-yilda Hotchkiss et Cie kompaniyasiga asos solindi. Kompaniyani Peugeot kompaniyasi 1950-yilda sotib olgan, ammo 1955-yilga kelib avtomobil ishlab chiqarishni toʻxtatadi.
1905-yilda Delage kompaniyasiga Louis Delage asos solgan. Kompaniyani 1935-yilda Delahaye sotib olgan, ammo 1954-yilda avtomobil ishlab chiqarishni toʻxtatadi.
1910-yil Bugatti kompaniyasini Ettore Bugatti Molsheymda (keyin Germaniyada, hozirgi Fransiyada) asos soladi. Ishlab chiqarish 1956-yil toʻxtatiladi.
1911-yili Hispano-Suiza kompaniyasining fransuz boʻlimi tashkil etildi. Avtomobil ishlab chiqarish 1938-yilda yakunlandi.
1919-yili Voisin Avions kompaniyasiga Gabriel Voisin asos solgan. 1939-yilda ishlab chiqarish toʻxtatiladi. Urushdan keyin Voisin „Biskvit“ mikroavtomobilini yaratdi.
1919-yilda Andre Citroen tomonidan hozirgi mashhur Citroen kompaniyasiga asos soladi.
1920-yilda kompaniya Darracq (1896-yilda tashkil etilgan) Sunbeam va Talbot bilan birlashdi va 1935-yilda Talbot-Lagoga aylandi. 1959-yilda kompaniya Simca kompaniyasi tomonidan sotib olingan.
1921-yilda Amilkar tashkil qilindi. Kompaniya 1937-yilda Hotchkiss et Cie bilan birlashadi va 1939-yilda bu kompaniyaham ishlab chiqarishni toʻxtatadi.
1921-yil — Salmson avtomobil ishlab chiqarishni boshladi. 1957-yilda kompaniyani Renault sotib oladi.
1929-yil — Fransiyaning-yillik avtomobil ishlab chiqarish koʻrsatkichlari 253 000 taga yetetdi, buday koʻrsatkich Ikkinchi jahon urushidan keyingina takrorlana borgan.
1933-yil — Fransiya 140 635 dona avtomobillarini ishlab chiqaradi, bu koʻrsatkich bilan Fransiya Yevropadagi birinchilikni 220,775 dona avtomobil ishlab chiqargan Buyuk Britaniyaga berib qoʻyadi. Shunday boʻlsa-da, Fransiya avtomobilsanoati koʻp vaqt davomida dunyoda yetakchilik qildi va Yevropada harakatlanayotgan avtomobillar soni boʻyicha qariyb oʻttiz-yil yetakchilikni oʻzida saqlaydi, „avtomobillar parki“ fransiyada — 1,448,000 dona, Buyuk Britaniyada — 1,210,880 dona, Germaniya 510,680 donani tashkil etar edi.
1934-yil — Simka kompaniyasi Genri Pigozzi tomonidan Fiat avtomobillarini ishlab chiqarish uchun asos solingan.
1934-yil — Citroen old gʻildiraklar yordamida harakatlanadigan va bir yagona construktsiyaga ega boʻlgan Traction Avantni avtomobilioni taqdim etdi. Citroen bankrotga uchraydi va uni Michelin Tire kompaniyasi egallaydi .
1934-yil — Matford Ford avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi, ammo 1939-yilda toʻxtatiladi. 1947-yilda kompaniya Ford SAF sifatida qayta tashkil etilib, Ford nomi ostida avtomobillar sotiladi.
1936-yil — 30-yillarda Angliya va Germaniya iqtisodiyotlari ilgarilagan boʻlsa-da, Fransiya iqtisodiyotining oʻsishi eng yaxshi darajada edi, bu oʻn-yillikning oʻrta-yillarida halokatli zarbalar va iqtisodiy falajlik davriga toʻgri kelar edi. Germaniyada Gitler hukumati nemis avtosanoatiga „moliyaviy ragʻbatlantirish“ ga Keynsning munosabati sifatida qarash mumkin boʻlgan radikal iqtisodiy strategiyada asosiy rolni oʻynadi. 1936-yilda Fransiya 204.000 dona avtomobil ishlab chiqazadi va Yevropadagi eng koʻp ishlab chiqargan davlatlar orasida ikkinchi oʻrindan uchinchi oʻringa tushdi, ammo Germaniyaning ishlab chiqarish koʻrsatkichlari 213.117 dona yoʻlovchi avtomobillari tashkil etar edi.
1945-yil — Renault kompaniyasi davlat boshqaruviga oʻtadi va „Régie nationale des usines Renault (RNUR)“ deb nomlandi.
1945-yil — Pons Plan (rejasi) asosan Hukumat fransuz avtomobil sanoati siyosatchilar va davlat xizmatchilari tomonidan belgilab berilgan ustuvorliklarga binoan tuzilishini belgilab berdi. Avzallik maʼlum bir ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga beriladi. Yangi kiritilgan ot kuchi soligʻi katta dvigatelli avtomobillar uchun tegishli boʻlib, ular Grandes Routières kabi Bugatti, Delage, DELAHAYE, Hotchkiss qil Cie, Salmson va Talbot-Lago kabi avtokompaniyalarning 1950-yillarning oʻrtalariga qadar halok boʻlishiga olib keladi.
1946-yil — Renault Renault 4CV modelini taqdim etdi.
1948-yil — Citroen Germaniyada ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle bilan bir xil koʻrsatkichlardagi „xalq mashinasi“ deb nomlangan kichik va old gʻildiraklari yordamida harakatlanadigan Citroen 2CV modelini taqdim etdi.
1948-yil — Peugeot Peugeot 203 modelini taqdim etdi.
1950-yildan 2000-yilgacha thumb|Facel Vega Excelence model
1954-yil — Facel Vega tashkil etildi.
1954-yil — Simca kompaniyasi Ford SAFni sotib oladi.
1955-yil — Citroën kompaniyasi disk tormozlari va yangi podveska bilan jihozlangan Citroën DS modelini taqdim etdi.
1955-yil — Alpine (avtomobil ishlab chiqaruvchi) Jan Rédele tomonidan asos solingan va sport avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Citroën diapazonida Citroën DS, eng mashhur salon salonini ishlab chiqarish. thumb|Citroen DS 1957-yil — Citroen Traction Avant ishlab chiqarilishi 23-yildan keyin yakunlandi.
1960-yil — Peugeot 404 modeli ishlab chiqarila boshlandi.
1961-yil — Fransiyada Citroen 2CV tomonidan boshqariladigan bozorning quyi qismiga moʻljallangan Renault 4 rusumli kichik avtomobil, shuningdek, Volkswagen Beetle va BMC ning yangi Mini kabi xorijiy raqobatchilar tomonidan ishlab chiqarila boshlandi .
1963 — Amerikaning Chrysler kompaniyasi Simca kompaniyasining 63 % egalik ulushini oladi.
1964-yil — Facel Vega kompaniyasining moliyaviy muammolari tufayli 10-yillik faoliyatidan soʻng yopildi.
1965-yil — Matra kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarishni boshladi. . Renault 16 — katta oilaviy xetchbek (bu oʻz koʻrinishidagi birinchi ishlab chiqarilgan avtomobil sanaladi) sotuvga chiqarildi va-yilning eng yaxshi Yevropa avtomobili deb topildi.
1968-yil — Citroen Italiyaning Sport va luks segmentdagi avtomobil ishlab chiqaruvchi Maserati kompaniyasini oʻz qoʻliga oldi. Peugeot oʻzining orqa gʻildirakda harakatlanadigan katta oilaviy 504 model deb ataluvchi avtomobilini taqdim etdi va bu avtomobil „Yilning eng yaxshi avtomobili“ deb tan olingan.
1969-yil — Renault 12 oʻrta kattalikdagi avtomobil sotiuvga chiqarildi, ammo „Yilning eng yaxshi avtomobili“ deb Italiyaning Fiat 128 avtomobillari mukofotiga sazovor boʻldi. thumb|Citroen SM thumb|Matra Bagheera 1970-yil — Citroën koʻmpaniyasi oʻzining Citroën SM modelini taqdim etadim, bu katta kupe ilgʻor podveskaga, rul boshqaruvining takomillashkan tizimiga, gidrovlikpnevmatik toʻrmozlarga va Masaratining dvigatel texnologiyasini oʻzida mujassam etgan edi. Shuningdek, kompaniya „Yilning eng yaxshi avtomobili“ deb topilgan yangi GS oilaviy avtomobilini sotuvga chiqardi. Chrysler kompaniyasi fransiyada ishlab chiqarilgan, britaniyaliklar uchun moʻljallangan 180 modelli yangi flagman avtomobilini taqdim etadi.
1972-yil — Renault 5, Fransiyaning birinchi kichik xetchbegi taqdim etildi. Avtomobil uch eshikli korpus bilan jixozlangan va old gʻildirak bilan harakatlantirilgan.
1973-yil — Chrysler kompaniyasi 2 litrlik 180 modelining dvigatelini kattaroq nushasini sotuvga chiqardi.
1974 — Yangi CX (19-yillik DS modeli vorisi) Yevropaning-yilning Eng Yaxshi Avtomobiliga loyiq deb topilganiga qaramay, Citroen bankrotlikka uchradi. Keyin Maserati kompaniyasi Alejandro de Tomasoga sotiladi. Peugeot oʻzining birinchi xetchbek modelini — uch eshikli 104 ni taqdim etdi.