Vatanparvar () – 2000-yilda suratga olingan 1776-yil voqealarini oʻzida aks ettirgan Amerika tarixiy drama filmi. Rejissor Roland Emmerich, senariy muallifi Robert Rodat. Filmda bosh rollarni Mel Gibson, Chris Cooper, Heath Ledger, Tom Wilkinson va Jason Isaacs ijro etgan. Film voqealari asosan Berkli okrugining (Janubiy Karolina) qishloqlarida boʻlib oʻtadi.
Filmdagi voqealar Amerika inqilobiy urushining janubdagi toʻqnashuvlari paytida sodir boʻladi. Bu film tarixiy britaniyalik shaxslar va ularning vahshiyliklar haqidagi uydirma tasvirlar, ayniqsa tarixiy isboti boʻlmagan yonib turgan cherkov sahnasi bilan bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Tanqidchi Roger Ebert shunday deb yozgan edi: "Buning hech biri inqilobiy urushning tarixiy voqeligi bilan bogʻliq emas".
Rollarda Mel Gibson – Benjamin Martin obrazida. Benjamin Fransiya va Hindiston urushi faxriysi, Kontinental Armiya polkovnigi, Fort Wilderness jangi qahramoni va yetti farzandning otasi. Joely Richardson – Sharlotta Selton Benjaminning ikkinchi rafiqasi.
Heath Ledger – Gabriel Edward Martin. Benjaminning katta farzandi va Ann Howardning eri. U otasining xohishiga qarshi Kontinental Armiya safiga qoʻshilishga qaror qiladi va Green Dragoons lageriga hujum paytida, polkovnik Taveton tomonidan oʻldiriladi.
Liza Brenner – Ann Howard. Gabrielning bolalikdagi doʻsti va muhabbati. U Tavetonning buyrugʻiga binoan cherkovda oʻldirilgan.
Gregori Smit – Tomas Martin. Benjaminning ikkinchi oʻgʻli. U Gabrielning hibsga olinishiga qarshi chiqqanida Taveton tomonidan otib oʻldiriladi.
Trevor Morgan – Nathan Martin. Benjaminning uchinchi oʻgʻli.
Bryan Chafin – Samuel Martin. Benjaminning toʻrtinchi oʻgʻli
Mika Boorem – Margaret Martin Benjaminning katta qizi
Logan Lerman– William Martin, Benjaminning beshinchi va kenja oʻgʻli. Skye Makkol Bartusiak – Syuzen Martin Benjaminning yettichi farzandi.
Jason Isaacs – polkovnik William Tavington. U xalq tomonidan „Qassob“ laqabini olgan.
Chris Cooper – polkovnik Harry Burwell
Tom Wilkinson – general Charles Cornwallis, Britaniya armiyasining generali.
Dan Skott – Donal Logue
Piter Vudvord – ikkinchi guruh qoʻmondoni Charlz OʻXara obraida
Leon Rippi – Jon Billings obrazida
Adam Baldwin – kapitan Jeyms Wilkins
Jay Artlen – Jones Occam
Joey D. Vieira – Piter Howard Anne Howardning otasi obrazida. Manbalar
Havolalar
Turkum:2000-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari