„Middlemarch, A Study of Provincial Life“ — ingliz yozuvchisi George Eliot qalamiga mansub roman. 18711872-yillarda sakkiz qismga boʻlinib bosilgan. Romandagi voqealar 18291832-yillar oraligʻida xayoliy Middlemarch () shaharchasida sodir boʻladi. Unda asar qahramonlarining oʻzaro tutash taqdirlari haqida hikoya qilinadiThe Bloomsbury Guide to English Literature, ed. Marion Wynne–Davies. New York: Prentice Hall, 1990, 719-bet.. Romanda nikoh, ayollarning jamiyatdagi oʻrni, idealizm, din, riyo, ijtimoiy mavqe, taʼlim mavzulari keng yoritilgan. „Middlemarch“ nafaqat yozuvchining, balki XIX asr ingliz adabiyotining ham eng yaxshi asarlaridan biridir.

1968-yil BBC shu nomda mini-serial yaratgan.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar Turkum:1871-yil romanlari Turkum:1872-yil romanlari Turkum:George Eliot kitoblari