Bad Blood“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swiftning amerikalik reper Kendrick Lamar bilan hamkorlikda ijro etgan qoʻshigʻidir. Tarona Swiftning 1989 (2014) nomli beshinchi studiyaviy albomiga toʻrtinchi singl oʻlaroq kiritilgan.
Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan aralash baholangan. Tijoriy jihatdan esa savdosi chaqqon boʻlgan. Tarona AQShning Billboard Hot 100, Adult Top 40 va Mainstream Top 40 chartlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. AQShdan tashqari, Avstraliya, Kanada, Shotlandiya va Yangi Zelandiya mamlakatlarida ham eng yuqori pogʻonagacha koʻtarilgan. Birlashgan Qirollik, Vengriya, Irlandiya, Janubiy Afrika va Livan mamlakatlari chartlarida esa yuqori oʻntalik safidan oʻrin egallagan. Shuningdek, qoʻshiq Avstraliya va Kanadada 3× platina sertifikati bilan, AQShda esa 6× platina sertifikati bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, „eng yaxshi duet/guruh pop ijrosi“ () nominatsiyasida Grammy mukofotiga sazovor boʻlgan.
„Bad Blood“ uchun 2015-yilning 12-aprelida Los Angeles shahrida katta budjetli klip ham suratga olingan. Unga Joseph Kahn rejissorlik qilgan. Klip premyerasi 2015-yilning 17-mayida Billboard Music Awards taqdirlash marosimida boʻlib oʻtgan. Qoʻshiq klipi tanqidchilar tomonidan xush qarshilangan. „Eng yaxshi musiqiy video“ () nominatsiyasida Grammy, „Yil videosi“ () va „Eng yaxshi hamkorlik“ () nominatsiyalarida MTV Video Music Award bilan taqdirlangan.
Jamoa thumb|upright|left|Swift „Bad Blood“ni ijro etmoqda (2015).
Taylor Swift — vokal, qoʻshiqnavis Kendrick Lamar — vokal, qoʻshiqnavis Max Martin — produser, qoʻshiqnavis, dasturchi, klavishalar, pianino Shellback — produser, qoʻshiqnavis, dasturchi, akustik gitara, bas gitara, klavishalar, dovullar, perkussiya Ilya Salmanzadeh — produser, dasturchi, ovoz yozib olish injeneri Michael Ilbert — ovoz yozib olish injeneri Sam Holland — ovoz yozib olish injeneri Ben Sedano — ovoz yozib olish injeneri yordamchisi Cory Bice — ovoz yozib olish injeneri yordamchisi Peter Carlsson — ovoz yozib olish injeneri Serban Ghenea — miksing injeneri John Hanes — mikser Tom Coyne — mastering injeneri
Chartlar
Haftalik
Chart (2015-16) Oʻrni (Billboard Brasil Hot 100) 81 (Greece Digital Song Sales) 2 (FIMI) 93 (Lebanese Top 20) 4 (Mexico Airplay) 16 (Record Report) 4
Yillik Chart (2015) Oʻrni (ARIA) 18 (Canadian Hot 100) 11 (Single Top 40) 91 (UK Singles) 88 Billboard Hot 100 15 Adult Contemporary (Billboard) 20 Adult Top 40 (Billboard) 11 Dance/Mix Show Songs (Billboard) 28 Mainstream Top 40 (Billboard) 4 Rhythmic (Billboard) 33 Chart (2016) Oʻrni (Brasil Hot 100) 60
Manbalar
Havolalar
Turkum:2015-yil qoʻshiqlari Turkum:2015-yil singllari Turkum:Taylor Swift qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar