Sardor Oʻktamovich Umrzoqov (1977-yil 23-noyabrda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston) – Oʻzbekiston davlat arbobi, 2026-yil 10-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori.
Biografiyasi 1977-yil 23-noyabrda Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkentda tugʻilgan. 1994—1998-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining „Xalqaro moliya va bank ishi“ fakultetida oliy taʼlim olgan. Bakalavr diplomini olgandan soʻng,1998—1999-yillarda Reading universitet (Buyuk Britaniya) oʻqib, „Bank ishi“ ixtisosligi boʻyicha magistr darajasini olgan.
2000—2003-yillar bank sohasida mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida 2-toifali mutaxassis sifatida boshlagan. Biroz vaqt oʻtgach, u 1-toifali mutaxassis, soʻngra — yetakchi mutaxassis va keyinchalik — Investitsiyalarni boshqarish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Samarqand boʻlimi boshqaruvchisining oʻrinbosari etib tayinlangan.
2004-yildan 2007-yilgacha Londonda yashab, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining moliyaviy institutlari biznes guruhining katta bankiri lavozimida ishlagan. Buyuk Britaniyadan qaytgach, 2007-yildan 2013-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida rahbarlik lavozimlarni egallagan: Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, soʻngra — boshligʻi, keyinchalik — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2014-yildan 2017-yilgacha — „Oʻzbekcharmpoyabzal“ uyushmasi raisining maslahatchisi. Keyinchalik (2017—2018-yillarda) ushbu uyushmaning Boshqaruvi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Soʻngra, 2018—2019-yillarda „Oʻzbekcharmpoyabzal“ uyushmasi qayta tashkil etilishi natijasida yangidan tuzilgan „Oʻzcharmsanoat“ uyushmasining raisi lavozimida ishlagan.
2019-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Sardor Umrzoqov Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan.
Shuningdek, 2019-yil yanvar oyidan buyon Savdoni tarif va notarif tartibga solish kengashining raisi va Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyasining raisi.
2019-yil avgust oyidan — Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha Respublika komissiyasining raisi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi Kengashining raisi, „Oʻzagroeksportbank“ ATB Kengashining raisi, "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi Direktorlar kengashining raisi va „Uzbekinvest International Insurance Company“ xalqaro sugʻurta kompaniyasi (London, Buyuk Britaniya) Direktorlar kengashining raisi.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining boshqaruvchisi (bosh ofis — London, Buyuk Britaniya).
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining boshqaruvchisi (bosh ofis — Pekin, XXR).
2019-yilning sentyabr oyidan — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi aʼzosi.
2022-yil 16-iyuldan 2023-yil 17-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarihttps://m.kun.uz/news/2022/07/16/sardor-umrzoqov-prezident-administratsiyasi-rahbari-boldi.
2023-yil 17-avgustdan 2025-yil 14-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi.
2025-yil 14-iyuldan 2026-yil 10-iyulga qadar Oʻzbekiston Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi.
2026-yil 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.
Ilmiy darajasi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Manbalar
Havolalar Sardor Umurzakov „Oʻzcharmsanoat“ uyushmasi raisi etib tayinlandi Sardor Umurzakov Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi Sardor Umurzakov yangi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga rahbarlik qiladi Sardor Umurzakov Oʻzbekiston tashqi savdo vaziri etib tayinlandi
Turkum:Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar