Shuhratbek Qoʻshoqboyevich Abdurahmonov (1969-yil, Paxtaobod tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, 2013-yil 26-apreldan Andijon viloyati hokimi .

Biografiyasi Shuhrat Abdurahmonov 1969-yilda Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini (hozirgi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti) agronom mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Mehnat faoliyati 1992-yilda „Madaniyat“ agrofirmasi 5-boʻlimi agronom-entomologi boshligʻi. „Navbahor“ kompaniyasining paxtachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1994-yilda „Madaniyat“ agrofirmasining bosh agronomi, 1999-yilda qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻldi. 2000-yilda – „Navbahor“ jamiyatining raisihttps://www.gazeta.uz/ru/2013/04/26/andijan/, 2001-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, 2004-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi, 2011-yildan Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻihttps://repost.uz/abdurahmanov, 2013-yil 26-apreldan – hozirgi vaqtga qadar Andijon viloyati hokimi. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi va Andijon viloyat Kengashi deputati.

Mukofotlari Shuhrat Abdurahmonov 2010-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan

2020-yilda „Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan

2019-yil „Mehnat shuhrati“ va 2024-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan

Oilasi Oilali. 3 nafar farzandi bor

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari