Pepperstone – Melburndagi broker boʻlib, moliya instrumentlari bozoriga, shu jumladan Forex, indekslar, aktsiyalar, xomashyo tovarlari, kriptovalyutalar va vlyutalar indeksidagi CFD kabilarga kirib ishlash imkoniyatini taqdim qilishga ixtisoslashgan.

Tarixi Pepperstone kompaniyasiga 2010-yilda Owen Kerr va Joe Davenport.tomonidan asos solingan.

2013-yilda Pepperstone kompaniyasi Avstraliyaning qimmatbaho qogʻozlar va investitsiyalar boʻyicha komissiyasiga hamda Avstraliya politsiyasiga Avstraliya tarixidagi eng yirik insayderlik savdosi boʻyichsa jinoyat ishini ochishga yordam bergan. OAVdagi boshqa xabarda taʼkidlanishicha, kompaniyaning yetakchi xodimi tartibga soluvchi organga axborotni ochiqlagani uchun ishdan boʻshatilgan.

2016-yil mart oyida Pepperstone oʻz biznesining salmoqli qismini Champ Private Equity kompaniyasiga sotganligini maʼlum qilgan.

Champ Private Equity oʻzining Pepperstonedagi ulushini oʻsha bitimdan 2,5 yil oʻtib sotib yuborgan. Bu biznes Champ Fiona Lock kompaniyasining oliy rahbariyati-ijrochi direktor Tamas Szabo hamda uning boshqaruvchi direktori boshchiligidagi komanda tomonidan sotib olingan.

Xizmatlar va ekspluatatsiya Pepperstone Equinix dan foydalangan holda banklararo tarmoq faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi. Pepperstone valyuta savdosi uchun turlicha chetdan olinuvchi vositalar va infratuzilmadan, shu jumladan MetaTrader 4 va 5 hamda Zoho CRMdan foydalanadi. MT4ning koʻp sonli brokerlari qatori, kompaniya MT4 foizlar taqsimotini boshqarish boʻyicha instrumentni (PAMM) ham taklif qiladi.

2012-yil avgust oyida kompaniya MT4 platformasiga muqobil sifatida, oʻzining EDGE FX savdo platformasini yoʻlga qoʻyganligini maʼlum qildi.

Pepperstone unchalik katta boʻlmagan summalarga moʻljallangan standart hisobraqam turini, shuningdek ancha tajribali treyderlar hamda algoritmik maslahatchilar uchun Razor hisob yozuvini taklif qiladi.

Tartibga solish Pepperstone xizmatlaridan 188 ta mamlakatda foydalanish imkoniyati mavjud, AQSh, Yaponiya, Eron, Iroq, Suriya bundan mustasno.

Kompaniya faoliyati FCA UK, ASIC Australia, CySEC Cyprus, DFSA Dubai, CMA Kenya, SCB Bahamas va BaFin Germany tomonidan tartibga solinadi.

Manbalar

Turkum:Shirkatlar Turkum:Pul