Save Ralph () 2021-yili katta ekranlarga chiqarilgan stop motion turidagi qisqa hajmli film boʻlib, Spencer Susser rejissorlik va ssenariynavislik qilgan. Filmda qahramonlarga Taika Waititi, Ricky Gervais, Zac Efron, Olivia Munn, Pom Klementieff, Tricia Helfer va Rodrigo Santoro ovoz bergan. Film sinov sifatida ishlatiladigan Ralph (Waititi) ismli quyon bilan suhbat haqida boʻlib, film davomida ushbu quyon tanasiga yetkazilgan zarar haqida batafsil soʻzlab beradi. Jeff Vespa produserlik qilgan bu 4 daqiqalik qisqa metrajli film Humane Society International tomonidan 2021-yil 6-aprelda chiqarilib, tanqidchilar va omma tomonidan xush qarshilandi. Ovoz berganlar
Taika Waititi — Ralph (Ralf) ismli quyon Ricky Gervais — intervyu oluvchi Zac Efron — Bobby (Bobbi) ismli quyon Olivia Munn — Marshmallow (Marshmellou) ismli quyon Pom Klementieff — Cinnamon ismli quyon Tricia Helfer — Cottonballs ismli quyon Rodrigo Santoro — quyon
Manba:
Manbalar
Havolalar
Turkum:2021-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Qisqa hajmli filmlar Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:Hayvonlar huquqlari haqidagi filmlar Turkum:2021-yil multfilmlari