Timothèe Hal Chalamett — amerikalik aktyor. Akademiya(Oscar), uch karra BAFTA, ikki karra Oltin globus va besh karra Screen Actors Guild Awards mukofotlari nomzodi. Homeland (2012), Interstellar (2014), Beatiful Boy (2018), Little Women (2019), Dune (2021), Donʼt Look Up (2021) va Wonka (2023) kabi filmlarda suratga tushgan.

Biografiyasi Timothée Hal Chalamet 1995-yil 27-dekabrda New-York shahrida tugʻilgan. Opasi Pauline Chalamet aktrisa. Onasi Nicole Flender yahudiy va yarim avstriyalik. U Yel universitetida fransuz tili va raqs oʻqituvchisi boʻlgan. Uning otasi Mark Chalamet fransuz. Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) muharriri va Le Parisien gazetasining New-Yorkdagi sobiq muxbiri.

Chalamet ingliz va fransuz tillarini mukammal biladi. Amerika Qoʻshma Shtatlari va Fransiya fuqaroligiga ega. U voyaga yetguncha asosiy vaqtini Lion shahridan ikki soatlik yoʻlda joylashgan Le Chambon-sur-Lignon  fransuz qishlogʻida, bobosi va buvisining uyida oʻtkazdi. Uning taʼkidlashicha Fransiyada boʻlgan vaqtlari unda madaniyatlararo oʻziga xoslik muammolari paydo boʻlgan.

Chalametning  Fiorello X. LaGuardia nomidagi musiqa, sanʼat va sahna sanʼati oliy maktabiga qabul qilinishi aktyorlik mahoratini burilish nuqtasi boʻldi. Maktabda Chalamet bir yil davomida Madonnaning qizi Lourdes Leon bilan uchrashib yurdi.

Maktabdan soʻng oʻsha paytda 17 yoshli Chalamet bir yil davomida Columbia universitetida madaniy antropologiya boʻyicha tahsil olgan va Hartly Hollda istiqomat qilgan.

Filmografiya thumb|upright=1.2| 200px|alt= Chalamet 2018-yil|Chalamet 2018-yilgi Toronto xalqaro film festivalida

YilFilm nomiRol2014Men, Women & ChildrenInterstellarWorst Friends2015One & TwoZacLove the Coopers2016Miss Stevens2017Call Me by Your NameHot Summer NightsLady BirdHostiles2018Beautiful Boy2019Little Women2021 Zeffirelli B.Dune HimselfDonʼt Look UpYule2022Bones & AllLee2023WonkaWilly Wonka2023Dune 2Paul Atreides

Mukofot va Nominatsiyalar Chalamet kino, televideniye va teatrdagi ijrolari uchun turli mukofot va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan. Uning asosiy nominatsiyalari orasida Akademiya(Oscar) mukofoti, ikkita Oltin globus mukofoti, uchta BAFTA mukofoti, beshta Screen Actors Guild Awards mukofoti va beshta „Tanqidchilar tanlovi“ kino mukofoti bor.

Bir qancha filmlar va telekoʻrsatuvlarda kichik rollarni oʻynagach, Chalamet "Homeland " (2012) teleserialida Finn Walden rolini ijro etdi. Buning uchun u „Screen Actors Guild Awards“ mukofotiga nomzod boʻldi. 2016-yilda Chalamet John Patrick Shanlyning „Adashgan oʻgʻil“ avtobiografik pyesasida rol oʻynadi, bu roli uchun Drama ligasi mukofotiga „Eng yaxshi ijrosi“ uchun nomzod boʻldi va „Eng yaxshi bosh rol ijrochisi“ uchun „Lyusil Lortel“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Chalametning 2017-yilda „Call Me by Your Name“ romantik dramasidagi Elio Perlman roli uchun „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Oscar mukofotiga nomzod boʻldi. U bu nomiatsiyani olgan uchinchi eng yosh nomzod boʻldi.

Shuningdek ushbu film uchun BAFTA, Screen Actors Guild Awards va Oltin globus mukofotlariga nomzod boʻlgan.https://www.theguardian.com/film/2017/oct/15/armie-hammer-timothee-chalamet-call-me-by-your-name-interview Oscar mukofoti sovrindori Call me by your name filmi va Oscar nomzodi Timothèe Chalamet haqida. (Ingliz tilida)

Chalamet shuningdek, 2017-yilda „ Lady Bird“ va „Dushmanlar“ filmlaridagi yordamchi rollari uchun ham bir qancha eʼtiroflarga sazovor boʻldi. 2017-yilda „Beautiful boy“ dramasida giyohvand oʻsmir rolini ijro etdi. Buning uchun BAFTA, Oltin globus mukofoti va eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor uchun Screen Actors Guild Awards mukofotiga nomzod boʻldi.

Shaxsiy hayoti Chalamet 2013-2014-yillarda qoʻshiqchi Madonnaning qizi Lourdes Leon bilan uchrashdi.

2018-yilda esa „Qirol“ filmi yulduzi, aktyor Johnny Deppning qizi Lili-Rouz Depp bilan uchrashib yurdi.

Keyinchalik fransuz qoʻshiqchisi va aktrisasi Vanessa Paradis bilan turmush qurdi. 2020-yil aprel oyida er-xotin ajrashganini elon qildi.

2020-yil iyun oyidan buyon meksikalik aktrisa va qoʻshiqchi Aisa Gonsales bilan munosabatda.https://uz.wlivestyle.com/7486773-timothy-chalamet-meets-with-aisa-gonzalez Oscar mukofoti nomzodi Timothèe Chalametning aktrisa Aisa Gonsales bilan munosabatlari haqida

Keyinchalik u Kylie Jenner bilan o'z munosabatlarini boshladi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Screen Actors Guild Awards sovrindorlari Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Fransiyalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak bola aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak ovoz aktyorlari