Diyor Imomxoʻjayev (Диёр Имомхўжаев, 1989-yil 22-sentyabr, Toshkent) — oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, jurnalist, bloger, futbol sharhlovchisi va jamoat arbobi. 2020-yildan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori.

Biografiyasi 1989-yil 22-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Taʼlim Imomxoʻjayev yoshligidan jurnalistika va ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritgan. 2007-yildan 2011-yilgacha Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan. 2012-yilda Jakarta davlat universitetida bir yillik stipendiya dasturida qatnashgan. Keyinchalik, 2018-yildan 2021-yilgacha Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olgan.

Jurnalistlik faoliyati Imomxoʻjayev faoliyatini 2005-yilda „Navroʻz“ radiosida ovoz muhandisligidan boshlagan. 2008-yilga kelib, sharhlovchi va jurnalist sifatidagi efirda chiqishni boshladi. 2011-yilda Xushnud Xudayberdiyev va Muhrim Aʼzamxoʻjayev bilan birgalikda bugungi kunda Oʻzbekistonning yetakchi yangiliklar veb-saytlaridan biri boʻlgan „kun.uz“ saytini ishga tushirgan.

2012—2015-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmatida va „Sport“ telekanalida ishlagan. Shuningdek, „daryo.uz“ va „championat.asia“ kabi ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritgan. 2016-yildan 2020-yilgacha Uzreport TV va Futbol TV telekanallarida sport sharhlovchisi sifatida shuhrat qozongan. Angliya Premyer-ligasi, La Liga, Italiya A Seriyasi, UEFA Chempionlar Ligasi kabi yirik futbol musobaqalarini yoritib borgan. Shu bilan birga, Toshkentning Lokomotiv futbol klubi matbuot xizmatida ham ishlagan.

Futboldagi yetakchilik 2019-yilda Imomxoʻjayev Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktorining oʻrinbosari etib tayinlanish orqali futbol boshqaruviga oʻtdi. Uning liga rivojiga qoʻshgan hissasi tez orada eʼtirof etildi va 2020-yil may oyida Abdusalom Azizov taqdimnomasiga asosan, mazkur tashkilot bosh direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga koʻtarildi. 2022-yil 26-may kuni bosh direktor lavozimiga 4 yil muddatga tasdiqlandi. 2026-yil 19-avgust kuni Bahodir Qurbonov taqdimnomasiga asosan, bosh direktor lavozimiga yangi muddatga qayta saylandi.

2023-yil 23-iyunda FIFA palatasi aʼzoligiga qabul qilindi 2023-yil 28-dekabr kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Professional futbol qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlandi.

2026-yil yanvar oyida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ijroiya qoʻmitasi aʼzoligiga qabul qilindi.

Shaxsiy hayoti Bobosi Axbor Imomxoʻjayev (1936—2022) — birinchi oʻzbek sport sharhlovchisi, respublika toifasidagi futbol hakami, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni sohibi boʻlgan. Oʻzbek futbol sharhlovchilari maktabining asoschisi sanaladi.

Otasi — Abror Imomxoʻjayev, bir nechta oʻzbek sport internet nashrlari jurnalisti. Koʻp yillar davomida gazeta va televideniyeda ishlagan. Oʻzbekistondagi futbol yangiliklarini tahlil qilishga bagʻishlangan koʻplab televizion dasturlar muallifi.

Amakisi — Zafar Imomxoʻjayev, jurnalist va sport sharhlovchisi. Hozirda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidentining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi — OAV va jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori.

Diyor Imomxoʻjayev ijtimoiy tarmoqlarda faol shaxs sanaladi. Uning futbol haqidagi fikrlari va sharhlari Instagram kabi platformalar orqali minglab muxlislarga yetib boradi; hozirda 40 mingdan ortiq kuzatuvchisi borDiyor Imamkhodjaev: If we talk about futsal, there are 2 good teams in Central Asia: Kazakhstan and Uzbekistan. Unfortunately….

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonlik futbol sharhlovchilar Turkum:Oʻzbekistonlik sport jurnalistlar Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari