thumb|Muzey tashqi koʻrinishi thumb|Muzey ichki koʻrinishi Oybek uy-muzeyi — adabiy memorial muzey. Oybek yashagan va ishlagan (1940-68) uyda 1980-yil ochilgan va muzey hovlisida yozuvchiga haykal (meʼmori T.Jalolova, hayk. I.Klinitskiy) oʻrnatilgan. 2005 yilda Oybek tavalludining 100 yilligi munosabati bilan muzey ekspozitsiyasi yangilangan. Ekspozitsiya adabiy va memorial qismdan iborat. Adabiy qismda „Kirish“, „Bolalik“, „Qutlugʻqon“, „Navoiy“, „Abadiyat va umr“ deb nomlangan 5 ta asosiy zal, ish kabineti va Saidnosir otaga bagʻishlangan boʻlim bor. Memorial qism esa mehmonxona, ish kabineti, kutubxona, yotoqxona va muzey fondi saqlanadigan xonalarni tashkil etadi. Muzeyda 10 mingdan ortiq eksponat saqlanadi. Ular, asosan, qoʻlyozmalar, fotosuratlar, uy jihozlari, turli sanʼat asarlari va buyum lardan iborat. 2008 yilda muzeyni 5000 ga yaqin kishi kirib koʻrdi.
Adabiyotlar Toshkent. Ensiklopediya. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat milliy nashriyoti. Toshkent. 2009. — s. 784
Havolar Oybek uy-muzeyi. Meros.uz
Turkum:Toshkent muzeylari Turkum:Oʻzbekistondagi uy-muzeylar